Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
331
Yerur taqvoyu aql ko‘ziga mil.
Gajakdekki zulfum aro tobdur,
Ko‘ngullarni tortarg‘a qullobdur.
Labim la’likim javhari
jon erur,
Su ul la’l aro obi hayvon erur.
Tishim rishtasin jolai nob de,
Dema jolakim, durri serob de.
Yo‘q og‘zim bo‘lub javhari bebaho,
Ne paydo vujude anga, ne baho.
Iki la’lim
etgach takallum padid,
Qilib og‘zima el tavahhum padid.
Ani xalq yo‘q yerda aylab gumon,
Agar bo‘lsa ham ul hamon – yo‘q hamon.
Yuzumda dema siymdin g‘abg‘abe
Ki, oy ichra xurshidvash kabkabe.
Ne kavkabki, nuri aning bekaron,
Quyosh birla husn ichra aylab qiron.
Labim peshasi jonfizoyandaliq,
Ko‘zum shevasi dilraboyandaliq.
Dema ruh – qaddim ko‘rub lol o‘lub
Ki, Ruhul-amin dog‘i behol o‘lub.
Xiromim
qilib ravza sarvini mot,
Anga mojaro qilmay obi hayot.
Jamolim quyoshni solib tobqa,
Tanim siymi titratma siymobqa.
Belim torin ulkim xayol aylabon,
Hamono xayoli mahol aylabon.
Xayolim bashar ichra g‘avg‘o solib,
Maloyikka husnum alolo solib.
Ko‘rungan zamon suratim paykari,
Xaloyiq ko‘ziga ko‘runmay pari.
Labimda
takallumdin ortuq fusun,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: