Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
336
Nekim aytibon harza, bilmay kishi. 
Alardin nari borsa o‘n kuncha yo‘l, 
Kelur vodie iki tog‘, iki qo‘l. 
Falaksoy har tog‘ning xorasi, 
Solib bo‘rkni avji nazzorasi. 
Qizil oltun aylab biri ko‘zga fosh 
Ki, xira qilib ko‘zni misli quyosh. 
Yana bir kelib sarbasar siymi nob, 
Qamardek anga lam’au nuru tob. 
Bu maxzanki, har toshidur bebaho, 
Bo‘lub bu xaloyiq anga ajdaho. 
Bu elga vale turfa uyqu erur 
Ki, ko‘p o‘zlaridin ajab bu erur 
Ki, har o‘n kun ul qavm uyqudadur, 
Jame’i taradduddin osudadur. 
Chu o‘n kun o‘tar uyg‘anurlar bori, 
O‘z ahvolig‘a aylanurlar bori. 
Toparlar yana o‘n kun uyg‘og‘liq, 
Bu uyg‘og‘liq uyqulari chog‘liq. 
Topa olur uyqu chog‘i kimsa dast, 
Hamul devvashlarga bermak shikast. 
Qutulmish vale bimdin jonlari 
Ki, bu mo‘rlardur nigahbonlari. 
Alar ul xazoying‘a ganjur o‘lub, 
Alarning nigahboni bu mo‘r o‘lub». 
Taolilloh, ul Soniyi zul-jalol
11
Ki, sun’ida ojizdur ahli kamol. 
Yerur sun’i hushu xiraddin fuzun, 
Ne hushu xirad, balki haddin fuzun. 
Chu shah topti ul ishga ogohliq, 
Xiraddin talab qildi hamrohliq. 
Yetishgan maqomida qildi nuzul, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
337
Yig‘ildi janobig‘a ahli uqul. 
Ki, qilg‘aylar ul ishga nazzorae, 
Chu qilg‘aylar andishai chorae. 
Vale ul ajablarki paydo bo‘lub, 
Ko‘ngul Tengri sun’ida shaydo bo‘lub. 
Ko‘ngulga bo‘lub qism mabhutluq, 
Xiradqa yetib ajzu fartutluq. 
Qila olmayin chora hikmat bila, 
Qolib ojizu lol hayrat bila. 
Ketur soqiy, ul ruh sarmoyasin 
Ki, ma’dum etay aql piroyasin. 
Ki, qo‘l tutmadi aqlu hikmat manga, 
Vale qasdi jon etti hayrat manga. 
Mug‘anniy, g‘aribona un chek hazin 
Ki, manzilgahim bo‘ldi Mag‘rib zamin. 
Sochay boshing uzra zari mag‘ribiy, 
Quyosh yerga mag‘ribda sochqon kibi. 
Navoiy, chu g‘urbatda sen shod bo‘l! 
Vatan yodi ranjidin ozod bo‘l! 
Agar Sharqu g‘arb o‘lsa manzil sanga, 
Ne g‘am, kom agar bo‘lsa hosil sanga. 
LXI
Basirat ko‘zlarin aynul-yaqin kuhli yorutqonlar bobidakim, qayon boqsalar ofarinish g‘aroyibin 
mushohada qilurlar va Mubde’i korsoz va Muxtare’i bandanavoz sun’ig‘a ofarin ayturlar va odami 
xokiy xilqati so‘zikim, «Xamirrtu tinata odama biyadi arbaina sabohan» dastburdi bila suratpazir 
bo‘ldi. «Va laqad karramno bani odama» parvarishi bila taxti xilofatgir 
Birov ahli ma’ni deyolur o‘zin 
Ki, Haq ochmish o‘lg‘ay basirat ko‘zin
1

Ne surat angakim bo‘lur oshkor, 
Ani anglasa sun’i suratnigor, 
Qayu naqsh aro ko‘rsa bir choshni, 
Aning sone’i bilsa naqqoshni. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin