Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
339
Gahi Hind mulkida bo‘lg‘ay zalil,
Taajjubda ko‘rmakka tovusu pil.
Arab barrig‘a gah bo‘lub tezgard,
Shuturmurg‘ ko‘rmakka vodiynavard.
Nazar qilsa topqon basirat ko‘zi,
Yerur bu boridin ajabroq o‘zi.
O‘z avzoyig‘a boqsa sar to qadam,
Topar
aylasa yaxshi andesha ham
Ki, ne turfa timsol erur dilpisand,
Aning zimnida ma’niyi arjumand.
Burun aylayin sharh timsolini,
Deyin so‘ngra ma’nisining holini.
Ne timsolkim, durri daryoyi jud,
Ne
daryou dur, sarvi bog‘i vujud.
Boshi uzra toji xilofat kelib,
Hamul toj uza la’li ra’fat kelib
3
.
Jabinida piroyai shohliq,
Qoshi uzra tug‘royi ogohliq.
Ko‘zidin ayon nuri aynul-yaqin,
Sochida nihon tobi hablul-matin.
Jamolida anvori shohanshahi,
Kalomida e’jozi Ruhullahi.
Qo‘lidin gahi
mehri gardunnamoy,
Gahi barmog‘idin iki pora oy.
Qilib tiynatin qudrat ilgi xamir,
Hamul qo‘l bila shakli suratpazir.
Haq o‘z qudratin oshkoro qilib,
Jamolin aning olamoro qilib.
Hakimi azal turfa jisme yasab,
Demay jism, mushkil tilisme yasab.
Tuzub ul tilism ichra ko‘p
toru pud
Ki, egniga solib libosi vujud.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: