Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
354
Kirib keldi ul vahshiyi bul’ajab. 
Hamul pahlavonlarki tutmish edi, 
Ulus ko‘nglin ishdin sovutmish edi. 
O‘zi birla kelturdi borini xush, 
Ravon qildi shoh oldida peshkash. 
Qulog‘ tuttiyu yerga qo‘ydi yuzin, 
Alardek quli qildi shahning o‘zin. 
Shah ul qissadin bo‘ldi, bas shodmon, 
Ne shohi zamon, balki yaxshi-yomon. 
Anga lutf etib shohi oliysifot, 
Yana oshkor etti ko‘p iltifot. 
Giriftorlarkim xalos o‘ldilar, 
Yana shoh bazmig‘a xos o‘ldilar. 
Chu shah boqti lutf aylabon ul sari, 
Biri bor edi Boriqi Barbariy. 
Inoyat bila ul karam ma’dani, 
Borin quchti istab, bataxsis ani. 
Nasib o‘ldi mahjurlarg‘a visol, 
Bo‘lub vasldin borcha osudahol. 
Ul oqshom bori mayparast o‘ldilar, 
Borin uyqu bosti, chu mast o‘ldilar. 
Ayog‘chi, bu dam tut manga bir ayog‘ 
Ki, hijrondin o‘ldi mushavvash dimog‘. 
Zamone bo‘lub daf’ qayg‘u manga, 
Magar soate kelgay uyqu manga. 
Mug‘anniy surudi visol ayla soz 
Ki, hijronda ko‘p topti jonim gudoz. 
Aningdekki, ul qavm topti visol, 
Manga ham nasib aylagay Zuljalol! 
Navoiy, visol odamiy komidur, 
Hayoti abad vasl ayyomidur. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
355
Qachon vasl topsang nasib asra dam, 
Agar bir dam o‘lsunki, tut mug‘tanam
12

LXV
Hajr shomi tiyraligi ta’rifidakim, balo do‘zaxining dudi aning janbida tarab bihishtining sunbuli bo‘la 
olg‘ay va ul shomda ro‘zgori qororg‘onlar sharhi holi ixtilolikim, subhi vasldin ko‘zlari yorumaydur, 
xususan, bu varaq yuzin qaro qilg‘onning holi va vasl gavhari shabcharog‘ining jahontoblig‘i va 
gavhari shabcharog‘ vaslidek noyoblig‘i 
Xusho ulki, gar cheksa yuz yil firoq, 
Dame vasl tushgay anga ittifoq. 
Necha kimsa hijronda cheksa alam, 
Agar oqibat vasl topsa, ne g‘amg‘ 
Nechakim firoq ofati jon erur, 
Anga so‘ngra vasl o‘lsa oson erur. 
Birovkim anga bo‘lsa maxmurluq, 
Yetar jismu jonig‘a ranjurluq. 
Vale bazm aro chun qadahno‘sh o‘lur, 
Bori dardu ranji faromush o‘lur. 
Ajab umr erur ro‘zgori firoq 
Ki, yuz qatla andin o‘lum yaxshiroq. 
Hayoti abad – vasl ayyomidur 
Ki, jon qutiyu xotir oromidur. 
Yerur shomdek tiyra ayyomi hajr, 
Ne bo‘lg‘ay, xayol aylagil, shomi hajrg‘ 
Aning shomini jonning ofoti bil, 
Balo soyasi, marg zulmoti bil. 
Qaro kun misolu namudi ham ul, 
Ajal o‘tining tiyra dudi ham ul. 
Agar qilmadi dudlig‘ rasmi fosh, 
Nedin doyim andin to‘lar ko‘zga yosh. 
Qaro kun misoli gar ermas yaqin, 
Nedin xastalar ko‘nglin aylar hazin. 
Firoq o‘lmasa oshiqi notavon, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin