www.ziyouz.com
kutubxonasi
358
Yeshittimki, Majnuni
1
sahronavard
Ki, boshtin-oyog‘i edi so‘zu dard.
Necha vaqt Laylidin erdi yiroq,
Tanin sizg‘urub erdi dog‘i firoq.
Hamul shu’lai shavq tug‘yonidin,
Kechib erdi anduhlig‘ jonidin.
Chu hijron aro qolmadi toqati
Ki, muhlik edi yorining furqati.
Chiqib Najd
2
uza bo‘ldi nazzoragar,
Bu nav’ o‘ldi ul holig‘a choragar
Ki, majnunluq oshubini boshlag‘ay,
O‘zin ul kamardin quyi toshlag‘ay
Ki, bu nav’ o‘larni asiri firoq,
Ko‘rar hajr bedodidin yaxshiroq.
Kamar ustiga keldi zoru junun
Ki, o‘zni quyi tashlag‘ay sarnigun.
Bu holatda bo‘ldi ayon qosidi
Ki, Layli anga noma yozmish edi.
Kelib berdi dildorining nomasin,
Sovuq qildi ul garm hangomasin.
Ko‘ngul noma mahvi qilib ko‘zni ham,
Qayoni unutti demay, o‘zni ham.
Bo‘lub ul bitik hirzi joni anga,
O‘lumdin qutulmoq nishoni anga.
Necha yil aning birla xursand edi
Kim, ul ruq’a jonig‘a payvand edi.
Qachon noma bo‘lsa tiriklikka dol,
Hayoti abad bersa, tong yo‘q visol.
LXVII
HIKMAT
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
359
Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, yolg‘uzluq mujibi jam’iyatdurur va jamoat mujibi tafriqa,
bas nedin hajr marduddurur va vasl mahbub
Yana so‘rdi donoyi hikmatsirisht
Ki: «Yey aqlu hikmat sanga sarnavisht,
Chu g‘avg‘oni mamnu’ tutmish xirad,
Nedinkim, ul elga ko‘p o‘ldi adad.
Alar ishtig‘olini ulkim siqa,
Demishkim, erur mujibi tafriqa.
Qachon bo‘yla bo‘lg‘ach, bas ul yaxshiroq
Ki, tab’ ixtiyor etgay eldin qiroq.
Chu hijrong‘a hush ahli tolibdurur,
Nedin tab’ vuslatqa rog‘ibdururg‘»
Taammul bila bixradi nuktadon,
Bu nav’ o‘ldi shoh ollida nuktaron
Ki: «Kasratni gar aql man’ aylamish,
Adovat durur ishqu aql ichra ish.
Qayu ishnikim, ishq aylar pisand,
Yemas aql man’ aylamak sudmand.
Necha bo‘lsa elga xirad rahnamoy,
Har ishta tariqi muvajjahnamoy.
Vale ishqdin chunki oshub o‘lur,
Xirad xayli anda lagadko‘b o‘lur.
Yana ulki, insong‘a ahli tamiz,
Bilurkim, nima jondin o‘lmas aziz.
Vale zumrai ishq jononini,
Ko‘p ortuq ko‘rarlarkim o‘z jonini.
Yerur jonsiz o‘lmoq o‘lumdin xatar,
Vale onsiz o‘lmoq – o‘lumdin batar.
Bo‘lur chog‘da jondin badang‘a firoq,
Kelur kimsa tab’ig‘a albatta shoq.
Bu oyin ila tab’ majbul erur
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |