www.ziyouz.com
kutubxonasi
360
Ki, sevgay hayotin, bu ma’qul erur.
Qayu kimsakim, jondin o‘lsa ahab,
Ne tong aylamak jondin ortuq talab».
Javobin topib shohi donishqarin,
Dedi nuktavar jonig‘a ofarin.
LXVIII
Iskandarning Mag‘rib diyori fathidin so‘ngra Rumg‘a azm etganida Ya’juj zulmidin Qirvon navohisi
xalqining tazallum qilg‘oni va aning ul balo raxnasini berkitgali sad tarhi solg‘oni va muhandisvash
me’morlar va handasaoyin sangkorlar shihobkirdor raja bila sad o‘rnig‘a rang to‘kmak va
Atoridxayol ustodlar va Zuhalosor haddodlar gach o‘rnig‘a ro‘yi mahlul va ohak yeriga po‘lodi
masqul quyub sad uchin falak toqig‘a yetgurganlari
Dabiri raqamsanji farxundaroy,
Bu nav’ o‘ldi kofur uza mushksoy
Ki, chun oldi shohi sipehrihtishom,
Bori mulki mag‘ribni andoqki kom.
Hamul bul’ajab xaylu nodir guruh
Ki, fikridin erdi xaloyiq sutuh.
Alar sarfarozikim erdi asir
Ki, shah lutfi bo‘ldi anga dastgir.
Mute’ o‘ldiyu qulluq etti qabul,
Yo‘q ulkim, bori xayli ham bo‘ldi qul.
Shah ul mo‘rlarni qilurg‘a halok
Dedi: «Otlanib xalq bevahmu bok,
Tuzub charga, solsunlar ul nav’ sho‘r
Ki, ul dasht aro qolmasun jinsi mo‘r».
Hamul xayli vahshiy qilib iltimos,
Dedilarki: «Yey shohi gardunasos!
Alar bo‘lmay, emin emas jonimiz
Kim, ul mo‘rlardur nigahbonimiz
Ki, og‘irdurur bizga uyqu base,
Quloq solki, a’jubadur bu base
Ki, o‘n kecha-kunduz taku po‘dabiz,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
361
Yana o‘n kecha-kunduz uyqudabiz.
Chu uyqug‘a borduq alardur hisor,
Yovutmaslar elni yaminu yasor
2
».
Shah ul nuktadin barmog‘in tishladi,
Alar qatlin ul elga bag‘ishladi.
Yana istadi ko‘rmak aylab yurush,
Iki tog‘kim erdi oltun-kumush.
Dedilar hamul qavm aylab duo
Ki: «Bo‘lsa unut yaxshi, bu muddao
Kim, ul tegraga bormoq oson emas,
Ne oson emas, balki imkon emas
Ki, o‘n kunchilik yo‘ldur ul iki tog‘,
Bu yerdinki, holo, qilursen surog‘.
Vujudi aning bizga bordur yaqin,
Vale ko‘rmamishbiz, desak so‘zni chin.
Ne biz ko‘rmagi birla toptuq murod,
Ne bizdin ulug‘lar dog‘i berdi yod.
Nedinkim, yo‘lida xatar ko‘pturur,
Yuz urg‘on kishiga zarar ko‘pturur.
Topilmas yeti kunchilik yo‘lda suv,
Giyohiki butmishdur – erur og‘u.
Isiq xayli ul nav’ aylar hujum
Ki, esgach nasim anda aylar samum.
Qilur qaysi yelkim esar mu’tadil,
Agar bor esa ajdaho muzmahil.
Yana qolg‘on uch kunchilik yo‘lki bor,
Yilondur hamul dasht aro ulki bor.
Yerur kafchau, af’iyu ja’fari,
Bo‘lub har bir ul ganjning ajdari.
Alarg‘a tuman mingdin ortuq adad,
Tuman ming demay, balki behaddu ad
3
.
Agar pashsha bo‘lsa alarg‘a zalil,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |