Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
377
Eshittimki, bir toyiri nomabar,
Bitik zimnida sharhi hangomabar,
Sabukpar kabutarki,
har bir quloch
Ki, parron ochib tay qilib bir yig‘och.
Topib erdi bir shoh qaydida band,
Yetib erdi bolu parig‘a gazand.
Falak gardishi aylabon zulmu zo‘r,
Necha yil ani aylabon xonago‘r.
Chu zindonidin qochti ul benavo,
Nishotu farah birla tutti havo.
Singib ko‘kka har sori chun boqti ul,
O‘zining diyori sori tutti yo‘l.
Qilib sa’y
ila tayri farxundapay,
Necha kunchilik yo‘lni bir damda tay.
Vale zulmi davron solib inqilob,
Qilib erdi ul bo‘lg‘on uyni xarob.
Kabutar yetishgach uyin topmadi,
Va lekin uchardin qanot yopmadi.
Base el bo‘lub tom uza donarez,
Uchurub kabutar berur erdi xez.
Bular
sori hech aylamay iltifot,
Urar erdi o‘z tomin istab qanot.
Base davr urub ehtiyot aylabon,
Buzug‘ uzra qo‘ndi, nishot aylabon
Ki, ma’nus erur garchi vayronadur,
Netay
shoh qasrinki, begonadur.
Yerur qushqa xushroq chu boqsang ayon,
Murassa’ qafasdan tikan oshyon.
Dostları ilə paylaş: