Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
382
Ki, bo‘ldi javobida ojiz xirad. 
Bilib borchakim, man’ dargir emas. 
Rizodin o‘gun hech tadbir emas. 
Pisand ettilar barcha, aylab duo 
Ki: «Haq soldi ko‘nglunga bu muddao. 
Umid ulki ham lutf etib Kirdigor, 
Bu azmingda qilg‘ay seni komkor». 
Qayu ishta shah topsa royi zaif 
Kim, o‘lg‘ay jadal aylamakka harif. 
Ne jonibki, shah bo‘ldi ko‘shishnamoy, 
Zaruratki, bo‘lg‘ay mute’ ahli roy. 
Shah ar mashvaratda sitamkoradur, 
Sitam chekmay ul ishta ne choradur?
5
Vale g‘ayb sirri chu paydo emas, 
Qazo qismati oshkoro emas. 
Baso roykim aql anga yuz dalil
Topor, lek o‘lur, borcha royi alil. 
Baso ishki nafs etsa anda inod,
Yetishgay hamul rahguzardin kushod
6

Ne roeki iqbol erur rahnamun, 
Aning tobe’i keldi charxi nigun. 
Bas, avlo bukim qay taraf tushsa shoh, 
Kishi zilli johig‘a chekkay panoh. 
Ki, bo‘lg‘ay ish o‘ng kelsa masrurluq, 
Ham o‘lg‘ay yomon kelsa ma’zurluq. 
Skandar so‘zin qilg‘och ul el pisand, 
Bo‘lub ko‘ngli ul roydin bahramand. 
Ravon hukm qildiki, san’atvar el, 
Qilib chust kishti yo‘nar ishga bel. 
Masolihki, darkordur har nima 
Olib, soz qilg‘aylar uch ming kema. 
Ming andin bo‘lub shoh azmig‘a xos, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
383
Hamul elgakim keldi bazmig‘a xos. 
Yana ming ham arkoni davlat uchun, 
Suv ustida qilmoqqa sur’at uchun. 
Sekiz yuz sipohiyi jarrorg‘a, 
Iki yuz yana ahli bozorg‘a. 
Mingikim raqam aylab o‘z otig‘a 
Ki, bo‘lg‘ay panah bahr ofotig‘a. 
Yuzi jung o‘lub har bir andoqki shahr 
Ki, topqay kishi shahrdek anda bahr. 
Bo‘lub, o‘ylakim shahr har jung aro, 
Mahallotu ko‘yu maqomu saro. 
Yana uch yuz ul nav’kim bexalal, 
Biri ming sipohig‘a bo‘lg‘ay mahal 
Ki, bo‘lg‘ay bori o‘z farog‘i bila, 
Sekiz yil keraklik yarog‘i bila. 
Yana iki yuz kemada zodi roh, 
Bo‘lub ul ish ahlig‘a oromgoh. 
Yana yuzda solib tanobu rasan, 
Masohatni qilmoqqa bahr ichra fan. 
Yana iki yuzda jammolu sutur 
Ki, shoyad savohilg‘a tushgay ubur
7

Yana yuz kelib zavraqi tezrav 
Ki, eltib suv uzra sabodin garav. 
Yana iki ming ham bu tartib ila, 
Butarga bori ziynatu zeb ila. 
Chu farmon etib shohi ofoqgir, 
Bo‘lub ahli ofoq farmonpazir. 
Turub xayli sanno’din teshakor, 
Yig‘och kesgali necha ming peshakor. 
Masolih yoqo beshasidin yetib, 
Hunarvar qaroru shikebi ketib. 
Bu kishti yasar xaylning manzili, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin