Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
387
Bori durlarin aylagay shohvor.
Birovningkim ul nav’ mehmoni bor,
Ne durrkim, nisor etgay ar joni bor.
Ayog‘chi ketur jomi daryomisol
Ki, bahr ichradur shohi daryonavol.
Manga tutki, no‘sh aylab,
aylay tarab
Ki, daryo kibi bo‘lmisham xushklab.
Mug‘anniy, tarona tuzat rexta,
Hazin rudunga lahne omexta
10
Ki, ashkimni to‘kkay duri nobdek,
Buyurg‘ay manga charxi girdobdek.
Navoiy,
talab qil tariqi fano
Ki, suv uzradur dahr uyiga bino.
Ko‘ngulni bu uy birla shod aylama,
Hubob uyiga e’timod aylama.
LXXIII
Iskandarning hukamodin daryobor vaz’in savol etgoni va Suqrotning kurrai arz davrida suvning ne
nav’ ihota qilg‘onin sharh qilg‘oni va Muhit atrofida yeti axzar daryokim, yeti charxi xazrodek
sho‘rangez, balki xunrezdurur taqsim etib, o‘n iki ming jazoirkim, xolidotdin ayrudur, munqasim
qilg‘oni va buhayrot sharhidin elga tahayyurot solib va anhor mojarosidin soyilni bahrdek
xushklabliqdin serob qilg‘oni
Hamul kunki shah bo‘ldi daryotavof,
Aning jungining ko‘ksi daryoshikof.
Tilab hikmat ahlini majma’ tuzub,
Borilarg‘a diljo‘yluq ko‘rguzub,
Dedi: «Bahr kayfiyatin aytingiz
Ki, ne vaz’ iladur yer uzra tengizg‘»
Taammul
qilib borcha ahli ayon,
Dedilarki: «Suqrot qilsun bayon
Kim, ul hikmat ahlining ustodidur,
Zamiri xirad hikmatobodidur».
So‘z andin so‘rub shohi daryojanob,
Berib bo‘yla Suqroti dono javob:
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: