Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
390
Bulardin erur ayru bahri Hazar 
Ki, vahm aylay olmas suyidin guzar. 
Anga ham jazoir adadsizdurur, 
g‘aroib bular ichra hadsizdurur. 
Bular barchaning manba’idur Muhit 
Ki, ovozasi tutti sathi basit. 
Anga muttasildur bular borisi, 
Qurug‘lug‘durur lekin uch sorisi. 
Va lekin erur ul bag‘oyat amiq 
Ki, aflok anga tushsa aylar g‘ariq. 
Kelibdur sifat bu vatira anga, 
Jihat buki, bo‘lmas jazira anga. 
Va lekin uluq vaz’liq jonvar, 
Alarga ajab vaz’ birla suvar. 
Yerur andin ortuqki ahli xirad, 
Takallum bila aylay olg‘ay adad. 
Budur bahr ishikim, dedim mujmalin, 
Bayon ayladim maxraju madxalin. 
Kishi qilsa tafsilini orzu, 
Ko‘rar sayr etarda qilib justuju». 
Skandar bo‘lub xurramoyin base, 
Ayon qildi donog‘a tahsin base. 
Burun yeti daryog‘a azm etti jazm, 
Bulardin so‘ng etmak Muhit ichra azm. 
Bo‘lur odamiyning biyik himmati, 
Yerur himmatidin fuzun g‘aflati. 
O‘lum solg‘usi chun dimog‘ig‘a dud, 
Tamanno o‘tin muncha yoqmoq ne sudg‘ 
LXXIV
Mashriqda ganj topqon kishi hikoyatikim, mag‘rib ganjnomasini o‘qub, mehrdek boshtin qadam qilib, 
mag‘ribqa bordi va ul zari mag‘ribiy topqoch mehrdek uyoqti 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
391
Birov topti Mashriqda ganji shigarf, 
Yozig‘lig‘ eshigida bu turfa harf 
Ki: «Har kimki bu ganjni topti, jazm 
Agar qilsa Mag‘rib diyorig‘a azm, 
Falon yerda mundin uluq ganj erur, 
Anga kim qadam urdi, poranj erur». 
O‘qug‘och ani tome’i xomkor, 
Dedi: «Ikisidin bo‘lay komgor». 
Munga «himmat» oti qo‘yub fikrati, 
Ravon qildi Mag‘rib sori himmati. 
Necha yil qilib qat’ daryou dasht, 
Bo‘lub anga yuz ming balo sarguzasht. 
Yetib, istagan yerni topqon mahal, 
Boshig‘a yetishti sarosar ajal. 
Ne mundin yedi bar, ne ondin dog‘i, 
Mashaqqat chekib kechti jondin dog‘i. 
Yemas shahliq — olmoq yurub bahru bar, 
Yerur topmoq andinki Haq berdi bar. 
Birovkim, bu ma’niga yobandadur, 
Xiradmandu farxundapay bandadur. 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin