Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
393
Skandarga ul so‘z kelib dilpazir
Sukut o‘ldi hikmat bila noguzir. 
LXXVI
Iskandarning yeti daryo bila o‘n iki ming jazoir bilodin fath etgandin so‘ngrakim bir qatla Muhit 
davrasin pargorsifat evrulub erdi, Muhit nuqtagohig‘a azimat qilg‘oni va ul sayrda yig‘och 
marokibning yeldin harakati va suv dashtining samoviy hay’ati va kulokdin ul dasht aro ko‘p arg‘adol 
namudori va hubobdin ul yo‘l aro ko‘p sangreza osori va Iskandarning Muhit markaziga yetgoni va 
charx do‘lobi ani aylandurib, Iskandariya azmi etgoni 
Guharrezkim, nuktaovardurur, 
Bu daryoda mundoq shinovardurur 
Ki, chun surdi dono bu yanglig‘ maqol, 
Xabar topti doroi daryonavol 
Ki, ne nav’ emish bahr kayfiyati, 
Safar sori jozim bo‘lub niyati. 
Hakimi ilohiyg‘a
1
surdi nafas, 
Ki: «Sendin erur bizga bu multamas, 
Kim andoqki yetti so‘zungdin navo, 
Bu sayr ichra sen bo‘lg‘asen peshvo. 
Sening tobe’ing borcha mallohlar, 
Bori bahr sayrida sayyohlar. 
Alar birla topib suv hanjorini
Qayon boshlasang xalq raftorini, 
Bo‘lurbiz bori donishing payravi 
Ki, fahming biyik keldi, roying qavi». 
Qabul etti Suqrotu yo‘l boshladi
Ulus bordi har yonki, ul boshladi. 
Bo‘lub ehtiyot amri lozim anga, 
Hamul kema ahli mulozim anga. 
Ishe tutmoq ul yo‘l ishin pos o‘lub, 
Aning posini tutqon Ilyos o‘lub
2

Surub kemani ul andoqki tayr, 
Hamul suvg‘a qildilar ohangi sayr 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
394
Ki, daryoyi Afranjau Rum edi 
Ki, holot anga g‘ayri ma’lum edi. 
Jazoyir futuhiga yuz qo‘ydi shoh, 
Qilib sa’y shah birla xaylu sipoh
3

Qayonkim qilib azm, qo‘ymay olib, 
Chu olib, g‘aroyibqa ko‘p ko‘z solib. 
O‘zi aylabon suvda fathi bilod, 
Jazoyir bilodini aylab kushod. 
Va lekin necha kimsa ta’yin etib, 
Alar suv qirog‘i bila yo‘l ketib. 
Necha kemau ahli hikmat necha 
Ki, ham kunduz aylab ravshan ham kecha. 
Suvda o‘y, nechukkim hubob urg‘oli, 
Hamul bahr davrin tanob urg‘oli. 
Savohilda to yer topib, yo‘l yurub, 
Masohat tariqin bajo kelturub. 
Ne yerkim bo‘lub besha, yo berk tog‘ 
Ki, qat’ida massoh topmay farog‘. 
Suv ichra qilib kema birla shitob
Bu nav’ oni massoh chekkay tanob 
Ki, bir kema ichra yig‘ib har sari, 
Tanobi qadi o‘n iki ming qari. 
Qilib kemaga berk langar toshin, 
Va lekin ul ipning yana bir boshin 
Yana bir kema ahli tutqay surub, 
Nekim shart surmak, bajo kelturub. 
Necha tor tutqon kema qochibon, 
Tanobini turg‘on kema ochibon. 
Chu soyir kema rishtasi tortilib, 
Hamul kema sayrini sokin qilib. 
Anga kema ahli solib langarin
Yana kema suvdin olib langarin. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin