Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
395
Tanobin yig‘a bahr aro tezrav, 
Nechukkim burung‘i kema tezdav. 
Munga ham chu tortildi chekkan tanob, 
Turub bu vale, turg‘on aylab shitob. 
Bu yanglig‘ chu bu bir turub, ul yurub, 
Bu turg‘on qachonkim yurub, ul turub. 
Alar chun bu yanglig‘ shitob aylabon, 
Muhosiblar oni hisob aylabon. 
Kezib bu sifat bahr atrofini, 
Masohat bila anglab avsofini. 
Yana bir necha dog‘i ahli hisob, 
Urub bu sifat bahr qutrin tanob. 
Hakimi muhosib bu san’at bila, 
Bilib hosilin zarbu qismat bila 
Ki, atrofi oning erur necha yo‘l, 
Yana sath birla erur necha ul. 
Jazoyirni to fath qilg‘uncha shoh, 
Hisobin hakim aylabon ro‘baroh. 
Chu bir bahr fathi saranjom o‘lub, 
Hisobi dog‘i o‘ylakim kom o‘lub, 
Nekim bo‘ldi ul suvda hangomae, 
Aning borcha sharhin yozib nomae. 
Chu ul noma sharhin durust aylabon, 
Kabutar ayog‘ig‘a rust aylabon 
Ki, hamroh ani Rumdin kelturub, 
Havo aylabon ul paru bol urub. 
Xabar eltib ul barcha Rum ahlig‘a, 
Qurug‘luqdag‘i marzu bum ahlig‘a. 
Bu yanglig‘ yeti bahri zaxxorni, 
Yeti jarf daryoyi xunxorni. 
Kezib ayladi barchasig‘a ubur, 
Nechukkim suv uzra sabou dabur. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
396
Ajoyibni g‘oyatdin ortuq ko‘rub, 
g‘aroyib nihoyatdin ortuq ko‘rub. 
Urub o‘n iki ming jazoyirg‘a gom, 
Qilib fath chun aylabon ehtimom. 
Chu tortib tanob anda bevahmu bim, 
Bilib barchaning tulu arzin hakim. 
Yeti bahrni chun musaxxar qilib, 
Borining salohu fasodin bilib. 
Muhit o‘ldi bir davra bu sayr aro, 
Yana xomazan yozdi bu mojaro. 
Uzotti yana toyiri nomabar 
Ki, yetkurdi hijronkash elga xabar. 
Yana manzili bo‘ldi bahri Farang, 
Qilib bir jazira ichinda darang. 
O‘tub qilg‘ali bahr ichinda xirom, 
Bu choqqa degin o‘n iki yil tamom. 
Jazira aro chun makon ayladi, 
Ulus ko‘nglini shodmon ayladi. 
Gumon ettilarkim, tugandi safar, 
Vatan bo‘lg‘usidur alarg‘a mafar. 
Buyurdi yana shohi daryoshitob 
Ki, kelturdi Suqroti hikmatmaob. 
Tengizda ravon qilg‘on asboqini, 
Chekilgan masohatning avroqini
4

To‘la bo‘lmish erdi varaq bir kema 
Ki, yo‘q anda kog‘azdin o‘zga nima. 
Solib borcha sanduqlar ichra chust, 
Alarni qilib qirlar birla rust. 
Qilib vahmkim o‘tsa kog‘azg‘a nam, 
Anga nogahon botil o‘lg‘ay raqam. 
Kemakim ul avroq birla to‘lub, 
Safina bo‘lub demakim, jung o‘lub
5



Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin