Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
388
«Ki, yer jirmidur hay’ati mustadir, 
Kurra ayladi oni Hayyi Qadir. 
Vale ul kurra suv ichinda nihon
Ochuq qismi uldurki, derlar jahon 
Ki, ma’murau tog‘u homun erur 
Ki, oti aning rub’i maskun erur. 
Vale suv ihota qilibdur ani
Yerur yeti iqlim ochuq qolg‘ani. 
Vale ul ham ochuq emasdur tamom, 
Ki, har jonibin bahr etibdur maqom. 
Muhitekim, ul charxosodurur, 
Aning davrida yeti daryodurur 
Ki, har yon kirib rub’i maskun aro
Duxul aylamish tog‘u homun aro. 
Yana ham o‘n olti buhayrot erur 
Ki, har birga bir o‘zgacha ot erur. 
Yana yuzdin ortuq erur ro‘dbor 
Ki, olur alardin ulus e’tibor. 
Nechukkim Ko‘hak, yo‘qsa ro‘di Hirot, 
Va yo Nil yo Kavsaroso Furot. 
Alardin jahon ichra obodliq, 
Aning naf’idin xalq aro shodliq. 
Yerur chashma bu ro‘dlar manba’i, 
Vale bahrlarg‘a bo‘lub maqta’i. 
Taarruz buhayrot ila ro‘dg‘a, 
Xalal yetkurur sharhi maqsudg‘a. 
Hamul yeti daryoki zoxirdurur 
Ki, anda bilodi jazoirdurur. 
Ani sharh etarga qiloli shuru’, 
Alarg‘a yaqin birla budur vuqu’ 
Ki, majmu’i ul bahrdin ayrilur 
Ki, dono Muhit oning otin qilur. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
389
Alardin biri bahri Rumu Farang 
Ki, sensen bu dam ul tengizda nahang 
Ki, obodu bum ichra voqe’durur, 
Jazoirki anda mazore’durur. 
Yerur olti yuz ulcha topmish adad 
Ki, yo‘q anda ma’murluq ichra had. 
Ikinchini qil bahri Mag‘rib gumon 
Ki, mavjig‘a orom yo‘q bir zamon. 
Shimoliyu sharqiysi ma’mur bil, 
Jazoir ming ul suvda mashhur bil. 
Uchunchi erur bahri Zangu Habash 
Ki, oshubidin keldi devonavash. 
Ming uch yuz jazira aning doxili, 
Base ko‘p jazirasining hosili. 
Hisob ichra to‘rtunchidur bahri Hind 
Ki, janbida bir nov suv ro‘di Sind. 
Jazoir anga uch yuzu iki ming
Necha lujja ko‘li hamul bahrning. 
Biri keldi Ummonu Qulzum biri, 
Yana Bahrayni purtalotum biri. 
Beshinchi tengiz keldi daryoyi Chin, 
Jazira ko‘p ul suvda mardumnishin. 
Adad ichra uch ming, dog‘i yeti yuz
Jazoir arosida ko‘p tog‘u tuz. 
Duvong degan suvni oltinchi de, 
Bilodi savodin ko‘ngul tinchi de. 
Iki mingga yaqin jazoir anga, 
Tuman ming kema lek soir anga. 
Yetinchini Mashriq suyi qil hisob, 
Quyosh avval anda solib nuru tob. 
Bo‘lub o‘n iki ming jazoir tamom
Munung birla o‘n oltita vassalom. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin