Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
380
Bu bir maxfiy, ul bir padidor edi. 
Nabotiyu koniyu gar jonvar, 
g‘aroyib misolu ajoyib suvar
2

Sipehr etti ollimda ifshosini 
Ki, qildim borining tamoshosini. 
Nekim arz sathida topmish vujud, 
Manga bo‘ldi manzur budu nabud. 
Va lekin tengiz sayrini qilmadim, 
Ne erkonni ul pardada bilmadim. 
Savohilda derlarki, ko‘ptur g‘arib, 
Jazoyirda ham ko‘prak andin ajib. 
Bihor ichra xud benihoyatdurur, 
Muhit ichra behaddu g‘oyatdurur
3

Bu shakli mudavvarki derlar jahon 
Ki, bor aksari suv ichinda nihon. 
Qurug‘liq yeri o‘ndin ermasdurur, 
Bilur el nishon bo‘yla bermasdurur. 
Erur ofarinish aro oncha pech 
Ki, janbidadur to‘quz aflok hech. 
Falaklarki, hech o‘ldi ul pechdin, 
Qoshida jahon kamdurur hechdin. 
Hisob ichra bu hechdin dog‘i kam, 
Kishi ko‘rmamish bo‘lsa ushrini ham
4

Nedur muncha lofi jahongardliq, 
Yerur bu sifat lofi damsardliq? 
Chu afloku anjumg‘a yetmas ilik 
Ki, mohiyati elga bo‘lg‘ay bilik. 
Bilib biz hisobini bog‘lab rasad, 
Haqiqatlarin fahm qilmas xirad. 
Alarg‘aki qodir emastur kishi, 
Bilinmas sukuni bila gardishi. 
Jahonkim, bo‘lubtur musaxxar manga, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
381
Anga hukmronliq muyassar manga. 
Ani mulk etib Haq, meni mulkdor, 
Manga borcha ishga berib iqtidor. 
Agar ulcha mulkumdadur, bilmasam, 
Chu bilmay, bilur fikrini qilmasam. 
Mening birla soyir el ichra ne farq 
Ki, bo‘lg‘ay alar bahri g‘aflatda g‘arq? 
Kerak har nedur farshi g‘abro aro, 
Qurug‘luq aro, yo‘qsa daryo aro. 
Agar aylasa baxt hamrohliq, 
Yurub borchadin topsam ogohliq. 
Qurug‘lug‘ni qildim Xizr birla tay, 
Bu dam qo‘ysam Ilyos ila suvg‘a pay». 
Chu ko‘nglida yer tutti mundoq havas, 
Topa olmadi daf’ig‘a dastras. 
Havas tundbodi chu bedod etar, 
Xirad xonumonini barbod etar. 
Bu andesha chun ko‘nglin etti zabun, 
Dimog‘ig‘a yuzlandi bimi junun. 
Bilibkim ne ko‘nglida pinhon erur, 
Nihon tutsa jonig‘a nuqson erur. 
Talab ayladi donish ahlini bot, 
Yana davlat ahlin qilib iltifot. 
Chu bu anjuman ixtiyor ayladi, 
Nihon rozini oshkor ayladi. 
Ichinda nihon ko‘ngli maqsudini, 
Ayon ayladi budu nobudini. 
Bori bildilarkim, ne qilmish havas, 
Tengiz sayridur ko‘ngliga multamas. 
Qayu birki man’ aylayu soldi so‘z, 
Debon so‘zni, chun shohg‘a qoldi so‘z. 
So‘zin, o‘yla ma’qul ila qildi rad 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin