Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
405
Yel andoq esibkim, tengiz chayqalib, 
Suyi bahrning mavjdin qo‘zg‘alib. 
Solib ko‘hmonand ko‘loklar, 
Payopay tengiz jismiga choklar. 
Kirib suv tubiga salomat kuni
Bo‘lub oshkoro qiyomat kuni. 
Falak yelga vahshat eshigin ochib, 
Tengiz vahshi daryo tubiga qochib. 
Ne daryo tubikim, sug‘a ul taraf, 
Chiqib gar bolig‘, gar nahang, ar kashaf. 
Chu ko‘lok o‘zin charxsho‘y aylabon, 
Falak sathig‘a obro‘y aylabon. 
Kemakim qilib charx sori ravish, 
Qilib tiri ko‘k Tirig‘a sarzanish. 
Quyi chun inib, bo‘lub oning yeri 
Dema bahr tahtiki, tahtas-sari. 
Bo‘lub Savru Hut avjidin vahmlig‘, 
Tubidin topib ko‘p o‘yu balig‘. 
Falakka urub birni daryo suyi, 
Yana birni eltib, vale yer quyi. 
Kema ahli gohi o‘luk, gah tirik, 
Tirik ham yub ul suvg‘a jondin ilik. 
Gahikim ul oshub topib nishast
Bo‘lub tog‘dek mavjlar suvg‘a past. 
Qutulib kema ahli ul harbdin, 
Kelib ul biri Sharqu bu g‘arbdin. 
Yig‘och otlarin bahr aro chopishib, 
Ukush ranj ila bir-birin topishib. 
Taab ko‘zlarin ashkbor aylabon, 
Tengiz ichra gavharnisor aylabon. 
Alardin o‘zida biri qolmayin
Skandar magarkim o‘zin solmayin
13



Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
406
Borurlar edi bo‘yla oyin bila, 
Gahi sur’atu goh taskin bila. 
Bu yanglig‘ o‘tub bir yilu to‘quz oy 
Ki, markazga bo‘ldi qazo rahnamoy. 
Skandarg‘a bu mujda berdi suro‘sh 
Ki: «Yey, odamizodi behudako‘sh! 
Hamul yerga yettingki kom aylading
Husulida yillar xirom aylading». 
Qilib raf’ shah ko‘nglidin yosni, 
Talab qildi Suqrotu Ilyosni. 
Alarg‘a dog‘i bo‘lmish erdi ayon, 
Kelurlar edi aylamakka bayon. 
Chu aytishtilar, shubha raf’ o‘ldi pok, 
Skandar bo‘lub xurramu zavqnok. 
Buyurdi safoyinni turg‘uzdilar, 
Solib langarin, bodbon buzdilar. 
Dedi elgakim: «Siz turung emdi shod
Qilurmen baringiz bila xayrbod. 
Tengiz qa’rini aylab erdim havas, 
Topibmen bu soat anga dastras. 
Kirarmen murodim tamanno qila, 
Havas qilg‘onimni tamosho qila»
14

Bu yerda rivoyatqa bor ixtilof, 
Vale Xusrav
15
etmish munga e’tirof 
Ki, bir shisha soz etti sanduqvash, 
Guharvor sanduq aro kirdi xush, 
Boshin, – dedi, – rust ettilar qir ila, 
Tanobe chekib anga tadbir ila. 
Tutub berk ul ahli ano bir uchin
Tugub shishasig‘a yano bir uchin, 
Qilib raf’ har vahmu andishani, 
Tengiz ichra soldilar ul shishani. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin