www.ziyouz.com
kutubxonasi
421
Jahon shug‘lidin bori chekkay ilik».
Bu yerlarga yetkurdi chun shah so‘zin,
Tugandi so‘zi, dog‘i yumdi ko‘zin.
Olib erdi chun mulki foniyni jazm,
Baqo mulkini olg‘ali qildi azm.
Solib tan tilismini tufroq uza,
Havo qildi bu charxi nuh toq uza.
Chu ko‘k sori yerdin safar ayladi,
Yeru ko‘kni zeru zabar ayladi.
Ajal sarsari bo‘ldi getinavard,
Qaro qildi olam yuzin tiyra gard.
Nigunsor o‘lub xisravoniy daraxt,
Tushub yerga toj, o‘ldi yuz pora taxt.
Qarosin nigin yuzda fosh ayladi,
Yuzin ham sarosar xarosh ayladi.
Uzub hikmat avroqini tundbod,
Kutub uchtiyu elga qoldi savod.
Kutubdek kiyib hikmat ahli qaro,
Tushub ilm yanglig‘ siyohi aro
5
.
Falakkim, ul ish bemadoro qilib,
Qiyomat kunin oshkoro qilib.
Nedinkim bo‘lub bir jahon xalqi ur,
Solib noladin dahr aro nafxi sur.
Bu yanglig‘ qiyomatki, nogah tushub,
Chiqib ko‘kka arzu falak tah tushub
6
.
Chu yer topibon charxmiqdorliq,
Topib yona ko‘kdek nigunsorliq.
Falak birla yer sarbasar chayqalib,
Dema chayqalib, borchasi qo‘zg‘alib.
Hamul dam chiqib chun arodin amon,
Hamono yana ko‘rmay oni zamon.
Ko‘rub el bu yanglig‘ falak javrini,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
422
Uchurguncha oshubdin havrini.
Zalilona g‘avg‘ou faryod etib,
Chu shahning vasiyatlarin yod etib.
Yana tarki ohu fig‘on aylabon,
Ne hukmeki shohi jahon aylabon.
Hamul nav’ etib na’shi tartibini,
Degandin fuzun ziynatu zebini.
Mahofa aro aylabon oni rust,
Qadam qo‘ydilar shah degan sori chust.
Burunroq kishi eltibon nomani,
Onosig‘a arz etti hangomani.
Onosi chu voqif bo‘lib holdin
Ki, ne Rustam ayrilmish ul Zoldin.
Ketib mag‘zidin fahmu hushu xirad,
Qolib ruhsiz bir quruq kolbad.
Tilab ko‘ksini chok-chok aylamak,
Ul anduhdin o‘zni halok aylamak.
Vale chun boqib noma mazmunig‘a,
Tasalli berib joni mahzunig‘a.
Bilibkim Skandar nekim yozdi pand,
Yeshitmaklik oni erur sudmand.
Va lekin o‘zin zabt eta olmayin,
Vasiyat boshig‘a yeta olmayin,
Tilab oh o‘tidin jahon o‘rtagay,
Jahon yo‘q, to‘quz osmon o‘rtagay.
Yana aylabon shah so‘zi posini,
Nihoniy ichib zahrlar kosini.
Hamul dard o‘tidin nihon o‘rtanib,
Ki, pinhon o‘tidin jahon o‘rtanib.
Kuyub jismida puda raglar dog‘i,
Bo‘lub kul qurug‘on so‘ngaklar dog‘i.
Anga bo‘yla holatki yetti guruh,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |