Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
419
Ki, tutqay bori jashn ichin yer nima. 
Degilkim, munodi ul elga desun 
Ki: «Ul kimsa bu oshlardin yesun. 
Ki, bu ko‘hna dayri kuhan toq aro, 
Anga bo‘lmag‘ay kimsa tufroq aro». 
Nazar qil bu so‘zni degach xoninga 
Ki, kimsa sunarmu ilik noninga? 
Uzotsa birov ul yemaklarga qo‘l, 
Mening so‘guma sen ham ozurda bo‘l. 
Va gar kimsa qo‘l sunmasa har taraf, 
Yemak shug‘lini qilsalar bartaraf. 
Bu ma’lum o‘lurkim, yo‘q ermish birav 
Ki, tufroq aro yo‘q kishisi garav. 
Bilingachki bu nav’ emish ro‘zgor, 
Ul ishdin o‘zungga bo‘l omo‘zgor. 
G‘amimda alam huznidin fard bo‘l, 
Bori olam ahlig‘a hamdard bo‘l. 
Necha sarvaru baxti farxundasen, 
Alar bandadur, sen dog‘i bandasen. 
Kerak bandag‘a ish sarafkandalik, 
Ne Haqdin kelur aylamak bandalik. 
Nekim Haq rizosi, rizomand bo‘l, 
Qazo har nekim qilsa, xursand bo‘l. 
Men ar yaxshi erdim va gar xud yomon, 
Xirom ayladim umr bermay amon. 
Qo‘lumda agar naqd maqsud emas, 
Pushaymonlig‘imdin vale sud emas. 
Sanga bo‘lsa bir necha kun muhlate, 
Ravo ko‘rma Haq yodidin g‘aflate. 
Gahi lek farxunda avqot aro 
Ki, bo‘lg‘ung shuhud ichra toat aro. 
Bu o‘lgan g‘aribingni yod aylagil, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
420
Duo birla ruhini shod aylagil». 
Skandar chu maqsudin etti tamom, 
Chekildi varaq kunjiga: «vassalom». 
Berib pech, topshurdi maktubni, 
Ayon qildi ko‘ngliga matlubni 
Ki: «Qilmay tavaqquf, tunu kun surung, 
Anomg‘a bu maktubni yetkurung. 
Bu damkim uyoqib manga oftob, 
Yopilg‘ay quyoshimg‘a mushkin sahob. 
Boshim uzra ko‘p iztirob aylamang, 
Jahonni azodin xarob aylamang. 
Manga na’sh ichinda maqom aylangiz, 
Demay kecha-kunduz xirom aylangiz. 
Qiling naql jahdu jidd aylab bori, 
Skandarni Iskandariya
3
sori. 
Tiriklikda ul yer edi ma’manim, 
O‘lum vaqti ham aylangiz madfanim. 
Vale qilsangiz na’sh aro ustuvor, 
Hamul lahza zinhoru yuz zinhor: 
Chiqoring bir ilgimni tobutdin, 
Hamul nav’kim – rishta yoqutdin 
Ki, el solib ul sori hayrat ko‘zi, 
Ne hayrat ko‘zi, balki ibrat ko‘zi: 
«Bu panjaki, barmog‘lari chekti saf, 
Jahonni jahon ahlidin urdi kaf. 
Kafi ichra oldi jahon kishvarin, 
Baru bahrning la’l ila gavharin. 
Chu urdi ajal ilgi tabli rahil, 
Baqo bo‘ynig‘a soldi habli rahil
4

Jahondin shal ilgi misoli borur, 
Nechukkim, chinor ilgi xoli borur. 
Angakim, madadkor bo‘lg‘ay bilik, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin