Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
418
Tut
albatta sen pos, bu iltimos!
Hamul damki, yetgay bu nomam sanga,
Bilingay o‘qub naqshi xomam sanga.
Yaqinkim bo‘lub paykaring rez-rez,
Hayotingg‘a tushgay ajab rustaxez.
Chu sensen jahon ahli donandasi,
Ulusning vasiyatrasonandasi.
Kerak har ne ollimg‘a
yozdi qazo,
Sanga ham ayon bo‘lsa mendek rizo.
Ko‘ngul mendin uzmak ishin chog‘lasang,
Chu uzdung, ani Tengriga bog‘lasang.
Yuzung koj ila qilmasang mushkrez,
Soching birla mushk uzra kofurbez
1
.
Tuzub navham ohangida mojaro,
Jahon qilmasang g‘am tunidek qaro.
Quyoshdek iching so‘znok etmasang,
Yoqong o‘ylakim subh chok etmasang.
Sarig‘
yuz uza qilmay oq sochni fosh,
Shuo’i xututin nechukkim quyosh.
Xarosh etmasang yuz yanolar kibi
O‘g‘ul motamida anolar kibi.
Agar sabrg‘a bo‘lmasa toqating,
Bu ishga vafo qilmasa quvvating,
Uluq jashn qilg‘il
qilib ehtimom,
Tuzat hadsiz anda mulavvan taom.
Munodi qilib borcha atrofqa,
Xabar aytib arzolu ashrofqa,
Yig‘ib kishvar ahlini ayvoninga,
Yig‘ilg‘onni o‘lturtqil xoninga.
Chu ul
davra yetkurdi bir-birga bosh,
Degil, tortsunlar el ollinda osh.
Yoyilg‘och ulus ollida at’ima
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: