Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
427
Alar chunki bir lahza topib sukun
Filotun dedi borchasidin burun 
Ki: «Bonuki davrondin ogoh erur, 
Bilik ichra davr ahlig‘a shoh erur. 
Anga hojat ermas bizing pandimiz, 
Hamul nuktai sabrpayvandimiz. 
Nedinkim, erur a’qali ro‘zgor, 
Xaloyiqqa aql ichra omo‘zgor
4

Vale bir duodin emastur guzir 
Ki, borbiz anga barcha farmonpazir. 
Guhar cho‘msa daryog‘a bo‘lsun hayot, 
Quyosh botsa gardung‘a yetsun sabot
5

Ne hojatki, biz bo‘lg‘abiz sabrxoh 
Ki, sabr aylamakni yozib erdi shoh. 
Nekim shah vasiyatda ko‘rguzdi pand, 
Borin bo‘ldi andin fuzun korband
6

Bukun uldurur olam ahlida fard
Demay sherzan, balki yuz sheri mard 
Ki, andoq o‘g‘ul andin oldi qazo, 
Qazog‘a ayon etmadi juz rizo. 
Umid ulki bu dardu anduhning, 
Xudo muzdin etgay ayon birga ming». 
Tugatgach Filotuni dono payom 
Ayon qildi Suqrot mundoq kalom 
Ki: «Yey yeti iqlim Bonusisen, 
Xirad shaxsi zonu-bazonusisen. 
Sanga g‘oyib ar bo‘ldi ozoda shoh, 
Bori holinga hozir o‘lsun Iloh. 
Anga oqil o‘lg‘ay nasihatpisand 
Kim, ul aqldin bo‘lmag‘ay bahramand. 
Qazodin ne kelsa rizo bermagay
Rizo ham nechukkim, sazo bermagay. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
428
Ayog‘ig‘a sonchildi ersa tikan, 
Bo‘lub ohdin ko‘kka novakfikan. 
Nasimiki zaylig‘a yetkursa gard
Aning dardidin tortqay ohi sard. 
Va lek ul kishikim xiradmanddur, 
Nekim Tengridin kelsa xursanddur. 
Sening bu tariqing erur barkamol 
Ki, Haq bermasun donishingga zavol». 
Tugandi chu Suqrotning hikmati, 
Yetishti Balinosning navbati. 
Duo qildi og‘ozi ta’zim ila, 
Tikib ko‘zlarin yerga taslim ila. 
Duo xatm etib, dedi bu so‘z yano 
Ki: «Yeti ato birla bu to‘rt ano
7

Seningdek topa olmay ogoh qiz 
Ki, dahr o‘lmasun sendek ogohsiz. 
Bori elga bu so‘zga bor ittifoq 
Ki, dushvor erur dardu dog‘i firoq. 
Bu dard ichra ulkim jaza’korroq, 
Rizo bermagan dardi dushvorroq 
Ki, avval rizo naqdi bo‘lg‘ay talaf, 
Musibatning ajri dog‘i bartaraf. 
Sening royinga nuri tahqiq erur
Haq ehsonidin oncha tavfiq erur 
Ki, shoyista ishga qilursen shuru’, 
Ne shoyista ermas, etarsen ruju’». 
Balinos chun so‘zni qildi ado, 
Yana etti Buqrot so‘zi ibtido 
Ki: «Yey g‘ussa oshomida Qofi hilm, 
Sening zotinga sodiq avsofi hilm 
Chu sabring kamandin Haq etti uzun, 
Anga har dam o‘lsun uzunluk fuzun. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin