Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
432
Bu ish bo‘lg‘ali qilmadim so‘z havas,
Takallum qilib urmadim bir nafas.
Dedim umrdin to tanim topsa qut,
Qo‘yay so‘zdin og‘zimg‘a muhri sukut.
Chu sizdin ayon bo‘ldi hamdardliq,
Yemas yaxshi hamdarddin fardliq.
Meni soldingiz so‘zga beixtiyor
Ki, hamdard o‘lub so‘zga ne ixtiyor».
LXXXII
Ul ilgi kesilganning hikoyatikim, qo‘lig‘a tuhmat tig‘i dastburd ko‘rguzdi v aul hamdardlarig‘a
yetgach, dastandozlig‘ bila navha tuzdi
Eshittimki, bor erdi bir notavon,
Falak zulmidin qismi ranju havon.
Yana dast berdi ajab shiddate,
Qo‘lin kestilar aylabon tuhmate.
Chu bu zulm anga o‘tti, dam urmayin,
Nafas el bila beshu kam urmayin.
Kesuk ilgin oldi butun qo‘lg‘a, bot
Yugurdi xaloyiqqa beiltifot.
Bu ishtin bo‘lub voqif
ahli dile,
Yerishti ichiga tushub mushkile.
Yiroqdin qilur erdi hamrohliq
Ki, ul ramzdin topqay ogohliq.
Chu mazlum chiqti ulusdin qiroq
Ki, chiqmoq ulusdin qiroq yaxshiroq.
Borur erdi andoqki devonae
Ki, nogah padid o‘ldi vayronae.
Bor
erdi buzuqta necha dardmand,
Qo‘li barchaning bo‘yla topqon gazand.
Alar ollig‘a yetgach ul siynaresh,
Degaysenki bag‘rig‘a sonchildi nesh.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
433
Kesuk ilgini tashlabon, chekti voy,
Alar ichra ham tushti ko‘p hoy-hoy.
Quchub
bir-birin mojaro qildilar
Ki, olam fazosin qaro qildilar.
Kamin aylagan ko‘rgach ul sozni,
Tafarrus bila bildi ul rozni.
Ki mazlum eldin tilab fardliq,
Chekib keldi ul elga hamdardliq.
Kishi topsa hamdardini nogahon,
Ne imkon nihon dardi qolmoq nihong‘
Dostları ilə paylaş: