Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
348
Nabard ayla, debkim, shah erdi harif
8

Boqib tursa, vahshiy base harza deb, 
Shah ul ishda nomusdin g‘ussa yeb 
Ki: «Bu shumlardin biri bo‘lsa bu, 
Kishi naylagay barcha qilsa g‘ulug‘» 
Gahi yo‘l topib ko‘ngli ichra haros, 
Tutub lek hikmat tariqini pos. 
Yetib ko‘ngli holig‘a yuz ming gazand, 
Takalluf bila aylabon zahrxand. 
Vale dev yonmoq havas qilmayin, 
Hamul sho‘ru g‘avg‘oni bas qilmayin. 
Bu holatda bir chobuk aylab shitob, 
Yopib orazi uzra chiniy niqob. 
Nechukkim quyosh ko‘kda po to ba farq, 
Quyoshdek bo‘lub ko‘k temur ichra g‘arq. 
Sipehr uzra mehri jahontobdek, 
Qilib jo‘sh yer uzra siymobdek. 
Samandi uza chobuki pahlavon, 
Solib chiniohang bargustvon. 
Tutub chin-bachin qo‘lda pechon kamand, 
Osib xo‘didin shuqqa chiniy parand. 
Samandi olib barqdin tezlik, 
O‘zi charxdin tavri xunrezlik. 
Kirib chun tarid etti har sori fosh, 
Yaqinroq surub shahg‘a indurdi bosh. 
Chu shah ollida qildi arzi niyoz, 
Yonib qildi vahshiy sori turktoz. 
Ne shah tonib oni, ne xaylu sipoh, 
g‘amidin chekib xalq pinhoniy oh 
Ki: «Bu nav’ zebo yigit yuz darig‘ 
Ki, qilg‘ay bu vahshiydin oshom tig‘!» 
Vale ul qilib xasm birla nabard 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
349
Ki, raxshi sochib charxi gardong‘a gard. 
Yegarmak bila raxshi aylab shitob, 
Solib ahraman jismig‘a iztirob. 
Ani muztarib aylabon tobdin, 
O‘zin asrabon lek qullobdin. 
Biri yer, biri charxi davvordek, 
Sukun birla sayr ichra pargordek. 
Chu parxoshidin xasm bo‘ldi najand, 
Anga tashladi o‘yla pechon kamand 
Ki, bo‘yni bila bir qo‘lin qildi rust, 
Ani sudrayu shah sori surdi chust. 
Chekardin tanin notavon aylabon, 
Bo‘yin tufrog‘ ichra nihon aylabon. 
Tani raxshi ostida pomol o‘lub, 
O‘zi sudralur birla behol o‘lub. 
Shah ollig‘a chobuksuvori daler, 
Yetib, sekribon ottin andoqki sher. 
Chekib tiyra tufrog‘ uza saydini, 
Valek aylabon rust aning qaydini. 
Shah andoq ul ishtin tarabnok o‘lub 
Ki, gardi taab ko‘nglidin pok o‘lub. 
Ravon yondi oshubu ranji itib, 
Kelib tushti o‘z xaylini berkitib. 
Sipah bo‘ldi xandaq aro, o‘yla berk, 
Topa olmag‘udek anga charx erk. 
Tushub shoh raxshi sipahgardidin, 
Ilik, yuzni yub razmgah gardidin. 
Kirib borgoh ichra Jamshidvor, 
Bo‘lub baxtu davlatdin ummidvor. 
Tuzub majlis ahli bila anjuman, 
Ravon istabon gurdi vahshiyfikan. 
Chu kirgach eshikdin yali shergir, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin