Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
320
Esar subhdam ruhparvar nasim, 
Topar jon yig‘ochqa izomi ramim
2

Bu yel Iso anfosin isbot etar 
Ki, bog‘ ichra ihyoi amvot etar. 
Bahoriy bulut pildek bedarang, 
Qilur jilva har yon, bori pilrang. 
Rutubat aro go‘yo ul xayli pil, 
Bo‘lubtur bori g‘arqi daryoyi Nil. 
Gar andoq emas, bas nedur, ayt bu 
Ki, har yon alardin tomar qatra su(v)g‘ 
Dema qatrakim, poyaboron degil, 
Dema pil, abri bahoron degil. 
Chu abri bahori sochib durri nob, 
Yetishti chaman sahnig‘a obu tob. 
Ochib yer ragin sabzaning nishtari, 
Chiqib qon kibi lolai ahmari. 
Bo‘lub go‘yo ul qong‘a mayli fasod, 
Nedinkim bo‘lub zohir andin savod
3

Chaman aylabon hullasin rang-rang. 
Tugub hulla xil’at uchun tang-tang. 
Giyah bog‘ aro chinioyin bo‘lub 
Ki, har gul anga lu’bati Chin bo‘lub. 
Bo‘lub sunbuli targ‘a sarv uzra pech, 
Qadu zulfdin bo‘lmayin farqi hech. 
Gul atrofidin shoxi sunbul chiqib, 
Yuz oldidin andoqki kokul chiqib. 
Binafsha boshin andin aylab quyi 
Ki, ostig‘a oning kirib mul suyi. 
Agar topmasa ul su birla gazand, 
Nega raxt yerdin ko‘tardi balandg‘ 
O‘zin tifli nargis qadahxo‘r qilib 
Ki, limu terisini sog‘ar qilib. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
321
Va yo limuyi bo‘rki topti shikast 
Ki, davrin biyik qildi, uchini past. 
Chiqib savsan oshufta majnun kibi, 
Sabo kojidin rangi gardun kibi. 
Yuzinda ayon forig‘ulbolliq, 
Topib zavq tavrida beholliq. 
Qilib shu’la zohir guli otashin, 
Samandar kibi bulbul axgarnishin. 
Ne gulkim, tushub oshyonig‘a o‘t, 
Qayu oshyon balki jonig‘a o‘t. 
Sabo payki aylab chamandin guzar, 
Hamishabahor anglag‘il rangi zar. 
Shabistonda gul ravshan aylab charog‘, 
Fatila yasab g‘uncha qo‘ymoqqa dog‘. 
Sabo doyasi chun bu ishni bilib, 
Fatilasin oning parishon qilib. 
Qilib shoxini nastaran siymgun 
Kim, ul siym atrofin aylab nigun. 
Bosib siym bo‘lg‘och garonbor ani, 
Hamul shoxdekkim bosar qor ani. 
Bo‘lub jilva qilg‘on zamon arg‘uvon, 
To‘ni arg‘uvonrang, lek navjuvon. 
Nasim oni har yonki moyil qilib, 
Qizil to‘n bila elga qotil qilib. 
Su uzra bulut tifli aqtor ila, 
Qilib davrlar mashq pargor ila. 
Dema tifl, Moniyki afzorsiz, 
Chekib yuz tuman davr pargorsiz. 
Sapidor uza gulki payvand o‘lub, 
Qadi sarvi gulruxqa monand o‘lub. 
Ko‘runub chaman xuldi rizvon kibi, 
Gulu sarv anga huru g‘ilmon kibi. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin