www.ziyouz.com
kutubxonasi
316
Xaloyiqqa yetti alardin shukuh.
Maqom ichra chun zohir o‘ldi sukun,
Solib bosh quyi misli charxi nigun.
Viqor uzra bir dam chu o‘lturdilar,
Suturlobu ko‘zguni kelturdilar.
Qilib arz har qaysi timsolini,
Ayon ettilar har biri holini
Biridin ayon bo‘ldi aflok ishi,
Yana biridin arsai xok ishi.
Birida to‘quz charx taqsim o‘lub,
Birida ayon yeti iqlim o‘lub.
Chu Xoqong‘a fahm o‘ldi ul iki hol,
Tahayyur ani ayladi gungu lol.
Ayon ayladi shahg‘a hamdu sano,
Debon hamd, bu nukta surdi yano
Ki: «Shah sen kibi ko‘rmadi charxi pir
Ki, ne toj sensiz kerak, ne sarir.
Mulozimlaring dog‘i loyiq sanga,
Bilik ichra bori muvofiq sanga.
Yemas olam ahli kibi zotingiz
Ki, olamdin o‘ksulmasun otingiz».
Ul ishgaki hikmat eli chekti ranj,
Sila topti shahdin base molu ganj.
Magar erdi ul ganj ila mol kam
Ki, Yunonni qildi suyurg‘ol ham.
Ato qildi Xoqoni Chin ham base,
Guhar berdi, durri samin ham base.
G‘aniy bo‘ldi ul nav’ ahli kamol
Ki, tush vaqti har bir quyoshtin misol.
Chu xusravg‘a ul iki ish berdi dast,
Nishot aylabon bo‘ldi ishratparast
Ki, mashshotai baxt kulgu bila,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
317
Hamul sofu raxshanda ko‘zgu bila.
Bezab gulruxi johu iqbolni,
Yuzinda yasab zulf ila xolni.
Muqavvas qoshig‘a chekib vusma ham,
Qo‘yub xol ham, sindurub kesma ham.
Qilib huri jannatdek orosta,
Yeram bog‘ida sarvi navxosta.
Shahi komron birla aqd aylagay,
Jahon ganji mahriga naqd aylagay
11
.
Nikohini aylar zamon Mushtari
Kim, ul charxning keldi sa’d axtari.
Bo‘lub charx Suqrotig‘a baxt yor,
Qilur chog‘da yaxshi nazar ixtiyor.
Tutub ilgiga ul suturlobni,
Topib charx vaz’idin asbobni.
Tutub mehr sayri uchun irtifo’,
Tushub suqbadin suqba sori shio’.
Shah iqbol ila mayli roh aylagay,
Tarab nav’arusin nikoh aylagay
Ki, Doroyi davron qizi Ravshanak,
Kim, erdi jamol ichra mehri falak.
Vasiyat qilib erdi Doro nuhuft
Ki, bu shoh ila bo‘lg‘ay ul moh juft.
Jahongirlik amrida mohu sol,
Yemas erdi shahg‘a majoli visol.
Yana shoh Mallu qizi Noz Mehr
Ki, mehr o‘yla, ko‘rmaydur erdi sipehr.
Shah andin dog‘i bor edi komsiz,
Vale xotiri erdi oromsiz.
Tilar erdi jashni azim aylamak,
Xaloyiqni g‘arqi naim aylamak.
Yorub Ravshanakdin shabiston anga,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |