Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
310
Aning oshikim, tongla pishgay, ne sudg‘ 
Va lekin biri erdi ahli xirad, 
Xusho ulki topqay xiraddin madad. 
Ani uyga kelturdi tortib inon, 
Ravon mohazar chekti — jug‘rotu non. 
Ketib shohdin ranju farsudaliq, 
Yebon mohazar topti osudaliq. 
Anga berdi behaddu andoza mol, 
Hamul dung‘a andozasiz go‘shmol
2

Qilib ta’na musrifqa beintiho, 
Nekim zoyi etganga berdi baho. 
Bular tavrida turfa holat ko‘rung, 
Anga ham tariqi adolat ko‘rung. 
Bu birdek kerak mehmonliq dog‘i, 
Yana bir kibi mizbonliq dog‘i. 
LV
Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, ziyofat xonin ne nav’ ochmoq yaxshidur va muroot 
sufrasin ne nav’ yoymoq mustahsan ko‘runur va dononing ul bobda nukta surgoni va hikmat 
moidasidin Skandarga foyda yetgurgoni 
Yana so‘rdi farmondihi ro‘zgor1: 
Ki: «Yey, donish ahlig‘a omuzgor, 
Ziyofatda nedur tariqi savob, 
Amal aylamak bizga qilg‘il xitob. 
Ki, ul bo‘lg‘ay oyini hikmatqa jo‘b, 
Ne andin kerak bo‘lg‘ay ozu, ne ko‘p 
Ki, bu bobda borcha ahli milal 
Ko‘p aylabdururlar tariqi jadal. 
Qilibdurlar oxir muni ixtiyor 
Ki, ko‘p qilg‘on ikrom erur baxtiyor». 
Qilib donishoyin duo ibtido, 
Duodin so‘ng aytti bu yanglig‘ ado: 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
311
«Ki, har neki mehmong‘a bor ehtiyoj, 
Agar oshu non, yo‘qsa shahdu kuloch. 
Kerak hozir o‘lsa bori xon aro, 
Taodul tariqida mezon aro. 
Aningdekki mazmum erur bo‘lsa kam, 
Yerur o‘yla mazmum ifroti ham». 
Dedi shahki: «Bu sheva oson erur, 
Vale shah shukuhig‘a nuqson erur». 
Taammul bila nukta surdi hakim: 
Ki: «Yey, hikmat oyinida mustaqim. 
Xudo shah janobin rafe’ aylamish 
Ki, shahga ulusni mute’ aylamish. 
Chu shah xalq rizqig‘a bo‘lmish zimon, 
Yerur ortug‘ o‘ksuk yetkurmak yomon. 
Vagar naqdi juzve ziyon aylasa, 
Shukuhini ortar gumon aylasa. 
Nekim xalq rizqig‘a maqsumdur, 
Iki oncha ham qilsa ma’lumdur 
Ki, ne moya bo‘lg‘usi zoid anga 
Ki, to bo‘lg‘ay isrof oid anga. 
Munung birla gar o‘zni istar azim, 
Yemastur aning bu xayoli salim 
Kim, ul bo‘lg‘usi ming, iki ming diram 
Ki, xarjidin istar o‘zin muhtaram. 
Angakim munung birla ortar shukuh, 
Qilur fahm agar bo‘lsa fikratpujuh 
Ki, aylar o‘zi o‘z shukuhini past, 
O‘zi berur o‘z poyasig‘a shikast. 
Yerur shahg‘a andin ulvi janob 
Ki, past el ishidin qilur ijtinob. 
Vagar ko‘ngli ehsonga hamrozdur, 
Nechakim berur ko‘p, hanuz ozdur. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin