Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
319
Berib ishratu ayshning dodini.
Bahor erdiyu gul arusig‘a zeb,
Arusona bulbulg‘a andin fireb.
Gulu sabza ayyomida bo‘ldi to‘y,
Bo‘lub gulshan oyin bila shahru ko‘y.
Ayoqchi, ketur jomni lab-balab
Ki, to‘y o‘ldi
ayyomi ayshu tarab
Ki, bu sur erur olamafro‘z ham,
Xususan erur fasli navro‘z ham.
Mug‘anniy tuzub chinga vaznida chang,
Navo chekki hay-hay o‘lang, hoy o‘lang,
Desang senki: jon qardoshim yor-yor!
Men aytayki: munglug‘ boshim yor-yor!
Navoiy, chu sarmanziling Chingadur,
Surudung dog‘i
sur aro chingadur
13
.
Ayolg‘ung necha yor-yor o‘lg‘usi,
Mening yig‘larim zor-zor o‘lg‘usi.
LVII
Yigitlik bahorining xushlug‘i va bahor yigitligining dilkashlig‘ida gul va bulbuldek barg va navo
tuzmak va yuz barg va ming navo bila nag‘ma ko‘rguzmak va guliston atfoli sahob doyasidin sut
o‘rnig‘a shirai joniy va suv o‘rnig‘a obi zindagoniy ichgonidin ruh naboti topqonin bayon qilmoq
Jahon chorbog‘iki dilkashdurur,
Yigitlik bahori bila xushdurur.
Yigitlikda ham o‘tsa laylu nahor,
Yerur ishrat ayyomi fasli bahor.
Tirilg‘an
zamon sabza, o‘lganda Hut,
Ki «Subhona hayyil-lazi lo yamut».
Hamal sabzazori sari oftob,
Tana’um havosig‘a aylar shitob
1
.
Aningdekki
ilgini Muso sunar,
Qo‘zi tutqali yadi bayzo sunar.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: