Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
289
Ki, ham royzan erdiyu ham daler. 
Magar Ardavon birla aylab xilof, 
Iki soridin bo‘ldi azmi masof. 
Hamonoki kuchluk edi Ardavon, 
Munga yo‘q edi oncha tobu tavon. 
Yonarg‘a rizo bermayin g‘ayrati, 
Yururga vale za’fdin hayrati. 
Taammul qilur erdi roy istabon, 
Bir andeshai rahnamoy istabon. 
Yarash istayu ozim etti rasul, 
Aduv qilmadi ajzin anglab qabul. 
Bor erdi sipohi aro bir kishi, 
Aduv jonibi noma yozmoq ishi. 
Necha bersalar erdi ogohliq, 
Shah o‘lmas edi andin ikrohliq. 
Aduv yetti bir kunchilik yo‘lg‘a tund, 
Bu ham bo‘lmadi fikru roy ichra kund. 
Xayolig‘a roye yetishti ajab, 
Ravon davlat arkonin etti talab. 
Kivurdi chu borini xilvat aro, 
Ravon qildi bunyod bu mojaro 
Ki: «Nogah kishi iztiror etmasun, 
Aduv shavkatidin firor etmasun 
Ki, Haqdin yetishti inoyat manga, 
Yerur shodlig‘ benihoyat manga. 
Ani sizga dermen, vale zinhor, 
Kishi qoshida qilmangiz oshkor». 
Bori ahd qilg‘och, ravon boshladi, 
Tarab birla bu doston boshladi 
«Ki, a’do soridin necha pahlavon: 
Falonu falonu falonu falon 
Ki, bu xayl erur asli ko‘shish chog‘i, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
290
Nechukkim, bilursiz muni siz dog‘i. 
Bo‘lub Ardavondin bori tiyraroy, 
Manga aylab o‘zni tazallumnamoy. 
Bu so‘zga qilib ahdu misoq etib, 
Yibormishdururlar manga xat bitib 
Ki, tonglaki el bo‘lsa vodiynavard, 
Tuzulsa iki sori saffi nabard. 
Ne yerdaki turg‘on esa Ardavon, 
Chopib boshig‘a bir necha pahlavon. 
Anga yetkurub zulm podoshini, 
Sanga keltururbiz aning boshini». 
Bu so‘zni chu taqrir etib Ardasher, 
Yelidin ketib za’f, bo‘ldi daler. 
Magar o‘rtada erdi payg‘omgar, 
Bitib holni bo‘ldi e’lomgar. 
Yeshitgach bu so‘z xasmi oliy asos, 
Zamirig‘a yo‘l topti behad haros. 
Ne topti yurub razm etarga jihat, 
Ne xaylini daf’ etgali maslahat. 
Yarashqa rizo berdi himmat tutub, 
Yarashti, dog‘i yondi minnat tutub. 
Bu kim topti bu nav’ royi savob, 
Bu nav’ o‘ldi iqbolidin komyob. 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin