Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
282
Qo‘pub kelki, biz kinadin toqbiz,
Bag‘oyat jamolingg‘a mushtoqbiz.
Yaqinkim bu so‘zni qabul aylagung,
Niyoz ahli sori nuzul aylagung».
Skandar
chu maqsudin etti tamom,
Rasul urdi yo‘l qat’i qilmoqqa gom.
Chu Xoqon sipohig‘a bo‘ldi qarin,
Surub nukta, andoqki durri samin.
Rasul erkanin oshkor ayladi,
O‘zin orzuxohi bor ayladi.
Chu Xoqong‘a arz o‘ldi ul mojaro,
Tilatti ani borgohi aro.
Qilib masnad uzra maqom ul dog‘i,
Ulusqa berib bori om ul dog‘i.
Skandar rasulidin etti savol
Ki: «Kelmakta maqsudung aytg‘il maqol».
Suxanvar
nechukkim shah aytib edi,
Tamomini Xoqon qoshida dedi.
Eshitti chu Xoqon sarosar hadis,
Farahbaxsh, bal ruhparvar hadis.
Ko‘p izhori ayshu nishot aylabon,
Suxanvar bila inbisot aylabon.
Dedi: «Chunki shohi sipehrihtishom,
Surar erdi chun kin yuzidin kalom.
Adovat
bila qildi bizga murur,
Sipah tortmoq bizga bo‘ldi zarur.
Bu damkim muloyim hikoyat demish,
Yaqin bo‘ldikim bizga xohon emish.
Aning birla yo‘q bizga parxoshu kin,
Bo‘lurbiz ravon sen bor ersang amin».
Rasul ayttikim: «Bizing shah so‘zi
Deyilgach, gumon etki, aytur o‘zi.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: