www.ziyouz.com
kutubxonasi
279
Meni ayla dargohinga iltimos,
Kelay men tutub hukmu amringni pos.
Ko‘rub ayla ta’zim el ko‘rgudek,
Muluk oni bir-birga yetkurgudek.
Erur ming yil ulkim kelur yodima
Ki, xonlig‘dur obou ajdodima
Ki, bu mulk andinki ihdos erur,
Atodin atobizga meros erur
Ki, Chin mulkida erdilar xon bori,
Qayu xonki, qoonu xoqon bori.
Bularning tutub posi nomusini,
Manga solma bazming zaminbo‘sini
Ki, xoqonlig‘im shavkati sinmasun,
Shahanshahlig‘im savlati sinmasun.
Ulus ichra e’zoz qilg‘il meni,
«Ato», deb sarafroz qilg‘il meni.
Xirojeki nomangda mastur edi
Ki, Chin doyim ul ishta ma’zur edi.
Bu taklifni sen dog‘i qilmag‘il,
So‘zin demau ko‘zga ham ilmag‘il.
Xiroj istamakdin g‘araz mol esa,
Duru la’ldin tavqu xalxol esa,
Xazoyin manga benihoyatdurur,
Duru la’l behaddu g‘oyatdurur.
Manga har qachon bo‘lsa sendek o‘g‘ul,
Qachon maxzan asrarg‘a bo‘lg‘ay ko‘ngul.
To‘kay ollinga ul qadar molu ganj
Ki, yetsun sipohingg‘a yig‘mog‘da ranj.
Bu yanglig‘ rioyatlar etgan zamon,
Mening bog‘u qasrimg‘a bo‘l mehmon
Ki, yuzunga men dog‘i majlis tuzay,
Mulukona tartiblar ko‘rg‘uzay.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
280
Necha vaqtkim bo‘lsa koming sening,
Bu kishvarda bo‘lsun maqoming sening.
Borur vaqting ul kunki ta’yin erur,
Uzotay aningdekki oyin erur.
Bo‘lay necha manzil jamolingg‘a shod,
Ne yerda buyursang qilay xayrbod.
Qil albatta pinhon vale bu so‘zum
Ki, mundoq risolatni qildim o‘zum».
Skandar dedi: «Men xud aylay nihon,
Sen ar zohir etsang netay nogahong‘»
Dedi: «Mendin o‘lmas bu ish elga tarh»,
Ne yang‘lig‘ki zabt aylamish, qildi sharh.
Skandar qabul etti bori so‘zin,
Bu va’da vafosig‘a tutti o‘zin.
Elin hozir istab, ishorat bila,
Dedi nukta, mundoq iborat bila
Ki: «Bu farruxoyini farxundapay
Ki, qildi biyobon risolatqa tay.
Burun qo‘llaridin kamandin oling,
Ayog‘laridin dog‘i bandin oling.
Base yaxshi so‘zlarga homil edi,
Risolat tariqida komil edi.
Mening birla Xoqon aro soldi sulh,
Hamul bahr ila kon aro soldi sulh.
Mulukona to‘nlar anga kiydurung,
Berib muncha naqd, ollima kelturung!»
Ne yanglig‘ki hukm etti, tutti vujud,
Ijozat berib shohi bofarru jud
Dedi: «Ting‘il oqshomg‘acha shodmon,
Ravon bo‘l jahon tiyra bo‘lg‘on zamon».
Duo aytibon shohi farzonag‘a,
Xirom ayladi mehmonxonag‘a.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |