Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
272
«Quyoshcha
manga tushta anvor edi,
Yana bir quyosh ham padidor edi.
Kelibon qo‘yar erdi ollimda bosh,
Kishi ko‘rmamish mundoq iki quyosh».
Yana hikmat ahlining a’lomida,
Falak sayridin yozg‘on ahkomida:
«Navodir edi bu iki kunda ko‘p
Ki, zohir bo‘lur, — dedilar, — munda ko‘p».
Navodirki qildi alar e’tibor,
Bu nodir biri bo‘lmoq imkoni bor».
Debon shah bu so‘zni, dedikim: «Yurung,
Degon kimsani ichkari kelturung!»
Borib chunki kelturdilar ichkari,
Ko‘rub rasmu oyini Iskandari.
Yiroqroq suxandoni farxundaroy,
Rasulona oyin keturdi bajoy.
Rasul
erdi chun yaxshi avsof ila,
Skandar tilab quchti altof ila.
Yetib baxtdin bu bashorat anga,
Shah: «O‘ltur!» — deb etti ishorat anga.
Rasul o‘lg‘och ollida oromjo‘y,
Savol etti Iskandari komjo‘y.
Ki: «Har ne so‘zung bo‘lsa og‘oz qil,
Ne roz aytsang bizni hamroz qil!»
Taanni bila dedi farrux rasul
Ki: «Yey dargahing ostoni qabul!
Nekim aylading hukm, jon ustiga,
Ravon qilmoq oni ravon ustiga.
Va
lekin Xito xoni Xoqoni Chin
Ki, tadbiru royig‘a yuz ofarin.
Manga necha so‘z debdurur, bas sharif
Ki, ermas eshitmakka har kim harif.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: