Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
266
Chu Xoqon soridin ko‘rundi qaro,
Yasab turdi Skandar ul dasht aro
12
.
Sipohiki ta’rif anga or edi,
Nechakim kishi ko‘p desa bor edi.
Sipohin
tuzub shohi razmozmoy,
Suron soldiyu tushti hazmozmoy.
Suron yo‘qki, yuz ming hizabri yala,
Degin soldi ko‘k toqig‘a valvala.
Skandarning ul kelmagi tundu tez,
Suron birla bu solmog‘i rustaxez.
Aduv ko‘nglini ayladi vahmnok
Ki, ko‘rdilar oni ajab sahmnok.
Chu
oqshom yaqin erdi iki sipoh,
Zaruratki, tuttilar oromgoh.
Falak chunki xurshid Xoqonini,
Yoshurdi tuzub g‘arb qo‘rg‘onini.
Hamul xayli Parvin o‘zin ko‘rguza,
Taloya kibi chiqti gardun uza.
Iki xayl aro hazm izhoridin,
Taloya ravon bo‘ldi har soridin.
Yazaklar payopay ravona bo‘lub,
Suho o‘qlariga nishona bo‘lub
13
.
Skandar xayoli bukim subhgoh,
Taharruk topib xayli anjumsipoh.
Qilib
harb ahlining oroyishi,
Yasab ulcha imkon gunjoyishi.
Aduv sori azm aylagay bedarang,
Aningdekki, daryog‘a surg‘ay nahang.
Chu parxosh etib korzor aylagay,
Qiyomat kunin oshkor aylagay.
Chu fahm ettilar hikmat ahli bu azm,
Kelib shohg‘a qildilar man’i razm.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: