www.ziyouz.com
kutubxonasi
275
Manga topmayin andoq amri vuqu’
Ki, qilg‘ay taqozoyi bimu xushu’.
Xususan xisoli hamiding bilib,
Ulug‘ e’timod ishlaringga qilib.
O‘zumni qilib bo‘yla zoru zabun,
Tushub taxting ollig‘a xoru nigun.
Debon arzi holim tazallum qilib,
Asirona nutqu takallum qilib.
Topa olmadim hech surat bila,
Qoshingdin qo‘parni kudurat bila.
Bor erdi qoshimda quyoshdin yoruq
Ki, qilg‘ungdurur lutfu diljo‘yluq».
Bu so‘zkim surub shohi mushkilpisand,
Javobin bag‘oyat topib dilpisand.
Dedi ofarin aylab: «Yey komyob,
Bu roying xud erdi bag‘oyat savob.
Yana har so‘zung bo‘lsa izhor qil,
Xafo pardasidin padidor qil
Ki, bu hol ila ko‘rsa bo‘lmas seni,
Bu surat bila so‘rsa bo‘lmas seni».
Duo birla Xoqoni daryonazir,
Dedi: «K-ey, jahondori daryozamir!
Bu kelmakdin erdi g‘araz bu manga
Ki, bo‘lg‘ay janobingda yorg‘u manga.
So‘zum har ne bor, o‘lturub ro‘-baro‘,
Qoshingda degaymen borin mo‘-bamo‘.
Budur so‘zki, chun keldi shahdin rasul
Ki, ham kelgilu, ham xiroj et qabul.
Javobidin ar bo‘ldi oshufta shoh,
Kelibmen anga bo‘lg‘ali uzrxoh.
Gar ortug‘ dedim so‘z – gunahkormen,
Siyosat qilurg‘a sazovormen.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
276
Bilib jurmum olingg‘a keldim zalil,
Agar tortsang tig‘ – qonim sabil
5
.
Va gar afv ila qismim etsang tarab,
Sening xulqu lutfungdin ermas ajab».
Skandar dedi: «K-ey, shahi komyob,
Manga ulcha sen aytib erding javob.
So‘zi erdi ma’qulu yorona ham,
Pisand etgudek xeshu begona ham.
Vale men qilib puxta tadbirlik,
Chu boshimda erdi jahongirlik.
Jahon mulkin ochmoqni jazm ayladim,
Bu kishvar sari dog‘i azm ayladim.
Aduvsig‘a har shahki g‘olibdurur,
Bu yanglig‘ bahonag‘a tolibdurur.
Yo‘q ersa sanga o‘kta so‘z yo‘q edi,
Ne bo‘lsa bizing soridin-o‘q edi.
Gar ul so‘zda bor ersa dog‘i xilof,
Bilib ayladuk emdi xotirni sof»
6
.
Duo qildi Xoqonu so‘z boshladi,
So‘zin o‘z murodi sari toshladi.
Dedi: «K-ey, mute’ ahli olam sanga,
Jahongir bo‘lmoq musallam sanga,
Ne kishvarki ochmoqqa urdung qadam,
Aning fathi xud bo‘lmadi bealam.
Qilib fathi tadbirida qiylu qol,
Ko‘ngulga kirib har zamon yuz xayol.
Bilursen o‘zung Mallu chog‘li kishi
Ki, nayrangu afsun edi varzishi.
Necha qildi ollingda kinu inod,
Ne tashvish ila bo‘ldi fath ul bilod.
Yeri bor edi aylamak qatlu kin,
Ato qilding o‘g‘lig‘a toju nigin.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |