Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
274
Sog‘inma meni qosidi rahnavard
Ki, Xoqon sanga bo‘ldi dargahnavard.
Bukim bo‘lmisham xoki dargahnishin,
Ne ilgimda tig‘u ne ko‘nglumda kin.
Ayog‘imda
bandu iligimda band,
O‘zumni sanga qilmisham mustamand.
Bu ish boisi necha surat edi
Ki, bu nav’ kelmak zarurat edi».
Skandarni hayrat zabun ayladi,
Bu ishdinki charx nigun ayladi.
Dedi: «K-ey, sipahdori Chinu Xito,
Nechuk shohlar bo‘yla qilg‘ay xato
Ki, bo‘lg‘ay aduvsig‘a
mundoq asir
Ki, kimsa anga bo‘lmag‘ay dastgir.
Tutulg‘ay kelib o‘z ayog‘i bila,
Dog‘i nukta surgay farog‘i bila.
So‘zungning adosida qilma shitob,
Burun bu savolimg‘a bergil javob».
Dedi aylabon fikr Xoqoni Chin
Ki: «Yey
dahr mulkiga masnadnishin,
Tushub erdi boshimg‘a, bas, mushkil ish
Ki, oning iloji edi bu kelish.
Yana bor edi e’timodim sanga
Ki, bu nav’ edi e’tiqodim sanga
Ki, borsen xiradmandu ravshan ravon,
Juvonmardu himmatvaru pahlavon.
Zabunkushluk o‘lmas
shioring sening,
Bu nav’ ishdur, albatta, oring sening.
Alarkim sanga qildilar ko‘p xilof,
Sipah chektilar zohir aylab masof.
Degan chog‘da uzr etmading juz karam
Kim, o‘ldi zalil, aylading muhtaram.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: