www.ziyouz.com
kutubxonasi
285
Ki, Chin xalqi bilsa muloqotimiz,
Muhabbat tariqida isbotimiz».
Bu so‘zdin bo‘lub shod Xoqon base,
Qo‘pub bo‘ldi shahg‘a sanoxon base.
Skandar uzotti ani Chin sori,
O‘zi qo‘ydi yuz – jomi rangin sori.
Ayoqchi, to‘la ayla chini ayoq,
Yerur bizga so‘zning chini ishtiyoq.
Labolab tut oniki men sipqoray,
Dog‘i lahza-lahza o‘zumdin boray.
Mug‘anniy, kelu chert turkona soz,
Maqomi «Navo», yo‘qsa «Turkiy Hijoz»
7
,
Navoiyning ash’oridin necha bayt,
Mening hasbi holim topib turkiy ayt!
Navoiy, tutub fol – devonni och,
O‘qurda duru la’l olamg‘a soch.
Mug‘anniyg‘a ham ayla ta’lim ani
Ki, qilsun surud ichra taqsim ani!
XLIX
Tuzluk ta’rifidakim, dahr bo‘stonining sarvsifat ozodavashlarining pisandidaroq shevasidurur va sidq
qavl vasfidakim, sipehr shabistonining subhoso toza damlarining barguzidaroq shimasi va royi
savobnamoy asarikim, mehri olamorodek juzve harakat bila kulliy yerni yorutur va kalomi salohafzoy
favoidikim, oz nukta bila olam ahlig‘a ko‘p natija yetkurur
Birov dahr aro davlatoyin erur
Ki, har so‘zkim ul aytqay, chin erur.
Xudo komin oning ravo aylagay
Ki, har va’da qilsa – vafo aylagay.
Ne nazr etsa qilg‘ay vafodin ado
Ki, «Yufuna bin-nazri» debdur Xudo
1
.
Qabul aylagan nuktani qarz bil,
Ani nassi qoti’ bila farz bil
Ki, bo‘ynungda ul bir og‘ir yukdurur,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
286
Yerur tog‘cha, garchi bir tukdurur.
Qayu kimsakim, so‘zni yolg‘on degay,
Inonmaslar ar nassi «Qur’on»
2
degay.
Necha bo‘lsa yolg‘onchi el arjumand,
So‘zi anjuman ichradur nopisand.
Bor ermish burun chog‘da kozibvashe,
Uyiga tushub shu’lai sarkashe.
Fig‘onlar chekar ermish istab madad,
Yeshitganga bo‘lmay so‘zi mu’tamad.
Chu kuymish uyi yumub-ochquncha ko‘z
3
,
Demish anga sohibdile bo‘yla so‘z
Ki: «Yolg‘on angakim farovondurur,
Chini ham el ollinda yolg‘ondurur.
Agar qilmadi el himoyat sanga,
O‘zungdin keraktur shikoyat sanga».
Eshittimki, bir shahg‘a bo‘ldi niyoz,
Uye aylamak bir sutun uzra soz.
Kezib toptilar bir yig‘och bo‘yla tuz,
Va lekin aning moliki bir ajuz.
Berib o‘n baho, balki yuz, balki ming,
Rizo bermayin xotiri zolning.
Chu bay’u sharo topmayin intiho,
Berib zol hamsangi oltun baho
4
.
Yasodilar ul uyni gavharnigor,
Sutunni vale qildilar zarnigor.
Hamonoki keldi tamoshog‘a zol,
Yig‘ochin o‘pub, surdi mundoq maqol
Ki: «Solding, chu Haq tuz yaratti seni,
Ham o‘zungni oltun aro, ham meni».
Niholeki ul tuz bo‘lur jilvasoz,
Bari elni mundoq qilur beniyoz.
Agar tuzluk o‘lsa kishining ishi,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |