www.ziyouz.com
kutubxonasi
230
Ne amr etsa lahvu havo soridur
Kim, ul nafs mayli xato soridur.
Chu ko‘prak xaloyiqqa budur tariq,
Bo‘lurlar xatokor ko‘prak fariq.
Chu elga berur parvarish ro‘zgor,
Kerak mundoq-o‘q bo‘lsa omuzgor.
Angakim, qilur ruhi qudsi madad,
Solur ko‘ngliga nur sham’i xirad.
Kishikim bu suratqa qodirdurur,
Base ozdur, bo‘lsa nodirdurur.
Adadda chu ko‘prakdur avvalg‘i xayl,
Hamul sori ko‘prakdurur elga mayl.
Bularg‘a taammul chu aylar ko‘ngul,
Berur chunki aksar topar hukmi kul.
Yigit chunki qo‘ydi kuhulatqa yuz,
Ishi qo‘ydi barcha suhulatqa yuz.
Burudatdin abdon to‘la boshladi,
Harorat o‘ti past o‘la boshladi.
Bular tab’ig‘a may bo‘lub dastgir,
Bo‘lub boda birla haroratpazir.
Chu may shug‘li sori bo‘lub murtakib,
Ul ashg‘ol o‘lub mujibi ko‘p laib.
Chu shayxuxat o‘ldi tabiatqa juft,
Qaviy vaz’ig‘a za’f soldi nuhuft.
g‘ariziy harorat o‘ti bo‘ldi past,
Rutubatqa bo‘ldi ul o‘t zerdast.
Qayu o‘tki, suv qilsa tug‘yon anga,
O‘zung deki, o‘chmay ne imkon anga.
Harorat kam o‘lg‘och, bo‘lub me’da sust,
g‘izo topmadi chunki hazmi durust.
Agar qilsa ta’lil quvvat ketib,
Ko‘pidin tabiatqa illat yetib
1
.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
231
Tabiatki andin qaviydur dimog‘,
Haroratdin anda yorutur chirog‘.
Ul o‘t o‘chgach-o‘q o‘chti bu sham’ ham,
Taaqqul anga bo‘lmadi jam’ ham.
Dimog‘ ichra xabt o‘ldi behaddu ad,
Futur o‘ldi oyini royu xirad.
Kishi bo‘lsa bu vasf ila muttasif,
Ajab yo‘q agar bo‘lsa masxu hazif.
Va lekin hamul xayli qudsiysifot
Ki, bo‘lmasun ul xaylsiz koinot.
Chu xilqatlari keldi hikmatsirisht,
Saodat alarg‘a kelib sarnavisht
Ki, ul qavm erur yo nabi, yo vali,
Va yo hikmat ahli aro a’qali
Ki, nafsoniyat qilmayin ishta fosh,
Qilurlar nechukkim keraktur maosh.
Badan ichra topib riyozat subut,
Ko‘ngulga berurlar safo birla qut.
Necha bo‘lsalar umr birla asan,
Toparlar kamol ichra vajhi hasan.
Necha kimsaga umr imkon erur,
Alar aqli xurshidi raxshon erur.
Yashag‘on soyi donish ichra boyib,
Katondek necha eskirib ko‘rkonib».
Skandarga chun yetti bu foida,
Savol etmadi nuktai zoida.
XLIII
Iskandarning, ko‘ngul zulfi jodudin xoli hindug‘a mayl etgandek, Kashmirdin Hindustong‘a azimat
qilg‘oni va royi hind jamoati ahli yaqin va guruhi hikmatoyinni shafe’ qilib, alar podshohdin quli
yozug‘in tilagondek, darxost qilib, qabul tushgoni va Roy Iskandari sohibroyni Hind sori boshlab,
beshai Nigorda qishloq ko‘rguzgoni va ul beshaning to‘rt haddi vasfikim, bayon o‘ziga haddi ta’rif
bilmas, balki rub’i maskunda andoq yer topilmas
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |