Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
225
Zaqan
ustida oshkor etti xol,
Hamul chohning nuqtasidin misol.
Jamolingni tovusi zeb ayladi,
Karashmangni obidfireb ayladi.
Sukunungda zeboliq etti ayon,
Xiromingda ra’noliq etti bayon.
Boshingdin-ayog‘ingg‘acha xo‘bluq,
Oyog‘din, boshingg‘acha mahbubluq.
Bulardin o‘gun
berdi aqlu havos,
Seni qildi har qaysig‘a rahshunos.
Niam zohir aylab samo to ba arz,
Sanga qildi bir necha qullug‘ni farz.
Aning zimnida dog‘i yuz ming xavos,
Ko‘p ummid qurbig‘a bo‘lmoqqa xos.
Sanga barcha amri faromush o‘lub,
Tiling shukrida gungu xomush o‘lub.
Ne shokir tiling muncha ehsonig‘a,
Ne mashg‘ul o‘zung amru farmonig‘a.
Tutub yer dimog‘ingda devi g‘urur,
Maloik qochib suhbatingdin zarur.
Ne og‘zingg‘a joriy o‘lub
juz gazof,
Ne ko‘nglungga toriy bo‘lub juz xilof.
Yigitlikki ayyomi toatdurur,
Sanga bu sifat jahlu g‘aflatdurur.
Qilib «hay» deguncha bu vodini tay,
Chu qo‘ysang qariliq tariqig‘a pay,
Xud o‘lmas
tarab yeli ul dam vazon,
Yetar umr bog‘ig‘a fasli xazon.
Bo‘lur yuz nechukkim xazon yafrog‘i,
Sarig‘liqqa lekin yuz urg‘on chog‘i.
Chinor ilgidek titrar el panjasi,
Vale bo‘lsa ul barg yel ranjasi.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: