Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
216
Chu yetkurdi shoyista hamrohni, 
Qaro tunda ravshanravon shohni. 
Tushurdiyu naqb og‘zig‘a bordi bot
Aning birla hamrah shahi pokzot. 
Kirib naqb aro oncha qildi xirom 
Ki, erdi iki lavhai nuqrafom. 
Ikisin Skandarga ko‘rguzdi ul, 
Dedi: «Yemdi soat o‘tar, bot bo‘l!» 
Skandar alarni ko‘rub bo‘ldi shod, 
Hamul shodliqda qilib Haqni yod. 
Iki lavhani tepti ul nav’ rust 
Ki, yemruldiyu tashqari chiqti chust. 
Ikov tiktilar ko‘zni qo‘rg‘on sari, 
Ne qo‘rg‘on sari, sun’i yazdon sari
10

Bu ishdin dame o‘tmadi beshu kam 
Ki, o‘t qal’adin ko‘kka chekti alam. 
Yana bir nafas o‘tmayin yetti yel, 
Aningdekki to yetti, qo‘zg‘oldi el. 
Chu yel soldi ofoq aro rustaxez
Yana qildilar naqb sori gurez. 
Iki raxna sori ravon bordilar, 
Gachu xisht ila rust butkordilar. 
Masolih tutulmoq uchun saddi bim, 
Qilib erdi omoda borin hakim. 
Balo raxnasi chunki mahkam bo‘lub, 
Yelu o‘tning oshubi ham kam bo‘lub. 
Chiqib naqbdin shohi gardun janob
Aning birla donoyi hikmatmaob. 
Bo‘lub ikisi baxtdin shodmon, 
Sipah jonibi azm aylar zamon, 
Hamul naqbdin keldi g‘avg‘o uni, 
Alolo bila voyu-vaylo uni. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
217
Hamul damki, qo‘rg‘on aro tushti o‘t 
Ki, aflok avjiga yovushti o‘t. 
Yana yel ham oshubkim boshladi, 
Olib xalqni har taraf toshladi. 
Bo‘lub el bu iki balodin halok, 
Kirib naqb aro bir necha vahmnok. 
Bu xayl ichra Malluvu farzandi ham
Demay bir-iki, zavju dilbandi ham. 
Hamul o‘tdin ul xayli dilso‘xta, 
Kuyub bu biri, ul bir afruxta. 
Chiqib keldi bori sarosemavor, 
Tutoshib hamul shu’ladin hemavor. 
Shah ollindag‘i ul guruhi xavos, 
Borib aylab o‘tdin alarni xalos. 
Ko‘pi o‘ldi ul xayli mahruqdin, 
Kishi ko‘rmadi bo‘yla maxluqdin. 
Necha kimsakim qoldi bo‘lmay halok, 
Biri bor edi Mallu ibni Mabok. 
Yana o‘g‘likim, oti Feruz edi
Qizikim, mahi olamafro‘z edi. 
Aning vasfig‘a bu dam ermas mahal 
Ki, bo‘lg‘usidur o‘z mahallida hal. 
Chu Mallug‘a fahm o‘ldikim-shohdur, 
O‘zi umrining tori ko‘tohdur. 
Skandar qoshig‘a kelib qo‘ydi bosh, 
Boshin chun ko‘tardi, debon to‘kti yosh 
Ki: «Shoho, qoshingda gunahkormen, 
Jazo har ne qilsang – sazovormen! 
Agar afv jurmumg‘a shomildurur, 
Tirilmak manga asru mushkildurur. 
Gar o‘tdin manga qat’ bo‘lmish hayot, 
Yana o‘lturur hazratingda uyot. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin