Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
218
Yerur o‘lmagim jazm har hol ila
Sen o‘lg‘il tirik ko‘p yil iqbol ila. 
Chu men bandamen, bu iki bandazod
11

Alar afvi birla meni ayla shod!» 
Ko‘rub shoh ul ajzu taslimni, 
Chiqordi aning ko‘nglidin bimni. 
Dedi: «Bizdin ermas edi bu sitez
Sen o‘z boshinga tortting tig‘i tez. 
Bu dam hamki tufroqg‘a surtub uzor, 
Ayon aylading ajz ila e’tizor. 
Qoshingda tuzub afv hangomasin, 
Gunohingg‘a chektuk karam xomasin. 
Tirilsang inoyat qilib taxtu toj, 
Muqarrar qilib kishvaringdin xiroj. 
Musallam tutub afsaringni dog‘i, 
Chiqoli berib kishvaringni dog‘i
12

Va gar bermasa umr muhlat sanga
g‘urub etsa xurshidi davlat sanga, 
Xalafzodinga ehtirom aylali, 
Sanga oni qoyim-maqom aylali. 
Yana zodi iffatmaobingni ham, 
Shabiston aro oftobingni ham
Harimi visol ichra xos aylabon, 
Nikoh amrig‘a ixtisos aylabon, 
Qilib sham’i majlis shabiston aro, 
Anis aylali koxu ayvon aro. 
Bu payvand birla bo‘lub ulfate, 
Bizing birla bo‘lsun sanga nisbate». 
Chu shah qildi bu nav’ so‘zlar ado, 
Tarabdin bu xud qildi jonin fido. 
Olib jonini lutfu ehson bila
Qatil ayladi obi hayvon bila. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
219
Urub erdi xanjar zamona anga, 
Bu o‘lmak xud o‘ldi bahona anga. 
Skandarki mulkida mehmon edi, 
Chu kech yetti, tortar nima jon edi. 
Chu ul shohg‘a qildi jonin nisor, 
Gado etti naqdi nihonin nisor. 
Anga bo‘yla bo‘lguncha rihlat chog‘i, 
Kelib erdi arkoni davlat dog‘i. 
Shah etti necha kimsa ta’yinki, bot – 
Anga soz etib barcha bargi mamot
13

Tong otqoch mulukona tartib ila, 
Anga loyiq oroyishu zeb ila. 
Sipoh ichra shahlarni ogoh etib
Borin na’shi davrida hamroh etib. 
Ne madfanki, ajdodi osudadur 
Ki, tufroq anga anbari sudadur. 
Ulug‘ ravzai charx toqi aning, 
Yana bir falakcha ravoqi aning. 
Yo‘q atrofi ko‘k gunbadining hadi
Vale har bir, andoqki ko‘k gunbadi. 
Toshida falaksoy o‘lub millar, 
Ichinda malaksayr qandillar. 
Kelib Mallu ajdodining madfani, 
Borining og‘ir uyqug‘a ma’mani. 
Saloting‘a bo‘lg‘on mahal komgoh, 
Bu sultong‘a ham bo‘lsun oromgoh. 
Ham andoqki shoh etti inshoi hukm, 
Yeshitgonlar ettilar ijroi hukm. 
Iki-uch kun atboi aylab jaza’, 
Navardida bo‘ldi bisoti faza’. 
Hamul mohi Kashmiru rashki Tiroz 
Ki, otin qo‘yub erdilar Mehr Noz, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin