www.ziyouz.com
kutubxonasi
222
Yerur har kishiga bir ish zodi roh,
Vale zod erur adl bo‘lg‘ong‘a shoh.
Senikim bu mulk uzra shoh ayladim,
Bu kishvarda kishvarpanoh ayladim.
Kerak lutfu ehson shior aylasang,
Adolat yo‘lin ixtiyor aylasang.
Raiyatqa sendin yetib shodlig‘,
Mamolikka yuz qo‘ysa obodlig‘».
Bu yanglig‘ chu irshod etib va’zu pand,
Iki olam ichra bori sudmand.
Anga qildi ta’lim o‘z dinini,
Hamul ahli islom oyinini.
Bu so‘zlar ichiga hulul ayladi,
Yer o‘ptiyu borin qabul ayladi.
Dedi: «K-ey, shahanshohi getisiton,
Adolatda dunyoyu uqbositon.
Bukim aylading mayl farmonima,
Nekim amr qilding, bori jonima.
Degan so‘zlaringga tutub Haq meni,
Umid ulki qilg‘ay muvaffaq meni.
Degandek, Ilohiy, bo‘la olg‘amen,
Ne til birla uzrung qo‘la olg‘amen.
Otamning bo‘lub erdi yoshi uluq,
Men af’olidin bor edim qayg‘uluq.
Dimog‘ig‘a xiffat topib erdi yo‘l,
Quloq solmas erdi nasihatqa ul.
Ani bu jihatdin xato ayladi
Ki, shah buyrug‘idin ibo ayladi.
Berib pand, so‘zlar dedim ko‘p qatig‘,
Chu davlat yonib erdi, so‘z ne asig‘g‘
Chu men bar yedim shoh insofidin,
Umidim budur Tengri altofidin
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
223
Ki, qulluqda men dilpisand o‘lg‘amen,
Shah ehsonidin bahramand o‘lg‘amen,
Qaridin agar ishta keldi xato,
Yigit qilmag‘ay, ko‘rdi chun ko‘p ato».
Shah ul so‘zlarin chun nigoh ayladi,
Oto mulkida oni shoh ayladi.
Chu bordi kuhan pir o‘lub notavon,
Aning o‘rnida tutti yer navjuvon.
Ayoqchi, manga jomi pirona tut,
Demon xusravona, faqirona tut.
Hamul jom bo‘lsun manga choraras
Ki, boshtin yigitlik qilibmen havas!
Mug‘anniy, hazin nag‘ma bunyod qil,
Yigitlikning ayyomini yod qil
Ki, ul nag‘madin toza hushe topay,
Sog‘inib yigitlikni jo‘she topay!
Navoiy, base kech ayilding, darig‘!
Yigitlikni barbod qilding, darig‘!
Yigitlikta yo‘l urdi nafsi hasud,
Nadomat qariliqta emdi ne sudg‘
XL
Sabo subhining sabohati ta’rifidakim, nafas-nafas andin yorug‘luq yuzlanur va shabob gulzorining
nazohati vasfidakim, lahza-lahza andin ochug‘luq dast berur va ul ayyomda quyoshdek sajdadin yuzni
yorutmoq targ‘ibi va bu faslda binafshadek toatqa qad nigun qilmoq tahrisi
Na farxunda axtardurur ul kishi
Ki, toat yigitlikta bo‘lg‘ay ishi.
O‘yun vaqtida tark qilg‘ay o‘yun,
Nekim Tengri amr etti – sung‘ay bo‘yun.
Rizo kasbini bartaraf qilmag‘ay,
Zalolatda umrin talaf qilmag‘ay.
Angakim o‘zi oxirandesh emas,
Bu lahvu havo necha kun besh emas.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |