Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
201
Kim, ul chekti kavnaynning surati. 
Bu tasvir aro ko‘p g‘aroyib durur, 
Nihoyatsiz anda ajoyib durur. 
Ki, har qaysig‘a kimki tadqiq etar, 
Musavvir kamolini tahqiq etar. 
Chu ashyoda ko‘rsa kishi san’atin, 
Bilur Sone’i g‘aybdon qudratin. 
Ul a’jubalarda bo‘lub xurdabin, 
Anga Haq kamolida ortar yaqin. 
Kim o‘lg‘ay quyosh sirrining mahrami 
Ki, bir zarra mohiyatin odami. 
Nechunkim kerak bilmak oson emas, 
Ne oson emas, balki imkon emas. 
Va lekin kishi zohir etsa talab, 
Jahon ichra ko‘ptur ajabdin-ajab. 
Muni ko‘rmak o‘lmas jahon kezmayin, 
Taab zahrin o‘z komig‘a ezmayin. 
Safar zahmati garchi dushvor erur, 
Tengiz qa’rida durri shohvor erur. 
Muhit ichra cho‘mmay nechukkim nahang, 
Kishi ursa bo‘lg‘aymu gavharg‘a changg‘ 
Katakda qolib bo‘rdag‘on mokiyon, 
Ne ma’lumi uchmoqqa sudu ziyon. 
Falak javfida g‘arq o‘lub jurraboz 
Paru bol urar chun nishebu faroz. 
Demay, sayd jonig‘a yag‘mo qilur 
Ki, olamni yaksar tamosho qilur. 
Tarona chekar soyir erkonda rud, 
Chu turdi tarab birla, chekmas surud. 
Valoyat ishin qilsalar kimga arz, 
Biyikrak maqomi erur tayyi arz. 
Safar qilmag‘on odami xomdur, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
202
Sovuqda to‘ngar kimga oromdur. 
Falak sayrdin poya topti baland, 
Sukun qildi tufrog‘ni xoru najand. 
Safar qilmag‘ong‘a ne ogohliq 
Ki, elga qilur Xizr hamrohliq. 
Ne voqif kishi uydin olmay qadam 
Ki, ne jonfizodur tavofi haram. 
Xush ulkim, ko‘ngulga kushod istabon, 
Qo‘pub azm qilg‘ay, murod istabon. 
Fano taylasonini qilg‘ay kafan, 
Kafan bas anga, balki gardi mihan. 
Tajarrud xiromiga rog‘ib bo‘lub, 
Tavakkul samandiga rokib bo‘lub. 
Sarobi fano jo‘ybori aning, 
Samumi balo lolazori aning. 
Ayoqtin-boshi shavq o‘ti ichra g‘arq, 
Itik po‘yada sekrib andoqki barq. 
Tani chayqalib ko‘ngli topokidin, 
Ul o‘t bosh urub jismi xoshokidin. 
Qabarchuq kafi poyida har taraf, 
To‘la durri maqsud ila iki kaf. 
Yorilg‘och suyi dema har yon tomib, 
Fano abridin durri g‘alton tomib. 
Dema durri g‘altonki, hayvon suyi, 
Ayog‘da to‘la har taraf jon suyi. 
Yorug‘kim tobonni qilib choklig‘, 
Yasab obi hayvon oqarg‘a arig‘. 
Xizr aylasa poybo‘sin havas, 
g‘araz ichmagi obi hayvonu bas. 
Ne biymi malolat, ne xavfi alam, 
Bu yanglig‘ yetib qilsa tavfi haram, 
Iyo mukrimu hujra tayyor anga, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin