www.ziyouz.com
kutubxonasi
195
Qaviy angladi oni, o‘zin zaif,
Yaqin bildikim, ermas ermish harif.
Hakim ollida hech jodu so‘zi,
Nechukkim Skandar qoshida o‘zi.
Aduv olg‘onin bildi darbandni,
Hamul qal’ai charxmonandni.
Yaqin angladikim, xato aylamish
Ki, shah buyrug‘idin ibo aylamish.
O‘zin topti bebargu hayron base,
Yelin ham vahimu parishon base.
Tuta olmadi mulki ichra qaror,
Dog‘i topmadi chorae juz firor.
Hamul qal’akim vasfi o‘tti burun,
Topa olmadi andin o‘zga o‘run.
Aning naqbin ochmoqqa aylab shitob,
Xazoyin toshitti anga behisob.
Base bebaho tuhfa – bori nafis
Ki, tab’ oni topqay o‘ziga anis.
Javohir fuzun haddu miqdordin,
Samin gavharu la’li shahvordin.
Avoniyi siyminu zarrin zuruf
Ki, ojiz bo‘lub elga andin vuquf.
Xazoyindakim har ne ashyo edi
Ki, nav’i tuhaf yo hadoyo edi.
Borin, o‘yla qildurdi qo‘rg‘ong‘a naql
Ki, ehsosidin qoldi hayratqa aql.
Chu jam’ ayladi ko‘nglin ul holdin,
Firor etti nofarrux iqboldin.
Makon ayladi ul Qaro tog‘ uza,
Aningdekki qo‘ng‘ay chibin zog‘ uza.
Anga bo‘ldi ish bo‘yla suratpazir,
Vale shohi Jamqadru Dorosarir.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
196
Hamul damki otturdi qo‘rg‘ong‘a go‘y
Ki, darband qildi yiqilmoqqa ro‘y.
Dedi, aylagay azm qo‘rg‘on sari,
Nechukkim nabi charxi gardon sari.
Vale bermadi ahli hikmat anga,
Ravon azm qilmoqqa ruxsat anga.
Ki: «Qilmoq bugun azm emas maslahat,
Bugun man’ qilmoqqa budur jihat.
Kim, ul dud ila is tugansun tamom
Ki, nuqson topar elga andin mashom».
Yeshitgach bu so‘z dovari qahramon,
Sukun ixtiyor ayladi shodmon.
Yonib borgah sori azm ayladi,
Tarab birla ohangi bazm ayladi.
Bilik ahlidin majmae soz etib,
Ko‘p ehsonu tahsinlar og‘oz etib.
Qilib har birin lutfidin bahramand.
Ato birla ta’zimidin arjumand.
Chu mag‘ribqa otti hakimi sipehr,
Skandar tilismi kibi go‘yi mehr.
Qadah birla tiybi dimog‘ ettilar,
Tarab birla mayli farog‘ ettilar.
Anga tegrukim, garm bo‘ldi dimog‘,
Qo‘pub, uyqudin istadilar farog‘.
Borib tab’din ranju farsudaliq,
Badan uyqudin topti osudaliq.
Chu xurshid ko‘rguzdi anvorini,
Skandar kibi ochdi ruxsorini.
Skandar ochib chehra xurshiddek,
Murod ahlig‘a subhi ummiddek.
Chiqib raxsh uza, o‘ylakim Rustame,
Va yo charx uza nayyiri a’zame.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |