Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
187
Chu mazkur etib ahli donish hir ot, 
Pisand aylamay xotiri, juz Hirot. 
Chu bu lafzg‘a iltifot aylabon, 
Hamul shahr otin Hirot aylabon. 
Hirot o‘ldi alqobi Iskandari, 
Dedilar avom oni lekin – Hiri. 
Chu to‘rtunch iqlim edi mavqe’i, 
Bas o‘ldi quyosh sohibi tole’i. 
Kavokibgakim, yeti taqsim erur, 
Jahon mulki ham yeti iqlim erur. 
Angakim vasat mehri raxshon kelib, 
Munga lek mulki Xuroson kelib. 
Xuroson badandur, Hiriy jon anga, 
Hiriy jon, badandur Xuroson anga
11

Alo, toki bo‘lg‘ay sipehr uzra mehr, 
Yoruq mehr nuridin o‘lg‘ay sipehr, 
Anga bo‘lmasun mehr yanglig‘ zavol, 
Sipehr etmasun xalqin oshuftahol. 
Chu sa’y aylabon qildi doroi dahr, 
Bino bo‘yla kishvarda bu nav’ shahr. 
Qilur erdi manzil-bamanzil murur, 
Angachaki Jayhundin etti ubur. 
Yana kishvare ko‘rdi firdavsvash, 
Havou suyi misli firdavs xush. 
Latofat aro ravzadin bahr anga, 
Vale ism o‘lub Movaraunnahr
12
anga. 
Nedinkim, iki nahr arosi kelib, 
Yaqin yuz yig‘ochqa fazosi kelib. 
Oqib haddi sharqida Sayhun suyi, 
Borib haddi g‘arbida Jayhun suyi. 
Yo‘q ulkim anga bu iki rudu bas, 
O‘n-o‘n besh suv har bir nechukkim Aras. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
188
Bo‘lub har biridin judo nahrlar 
Ki, har nahri obod etib shahrlar. 
Va lekin bu rudeki, derlar Ko‘hak
13
Ki, yo‘q ravzaning nahri erkonga shak 
Ki, ichgach tavono bo‘lub notavon, 
Guzar aylabon umr yanglig‘ ravon 
Ki, andin ne bir shahr obod o‘lub, 
Ne ma’murasidin birov shod o‘lub. 
Agarchi latofatda rashki Furot
14

Bo‘lub borcha zoe’, nechukkim hayot. 
Skandar chu bu mulki dilkash ko‘rub, 
Fazou havosin Eramvash ko‘rub. 
Xususan Ko‘hak rudikim, nahri Nil
15
Yemas oncha, ne Nilkim, Salsabil
16

Yana Tengridin bo‘yla tutti umid 
Ki, ul Nil uchun Misre etgay padid. 
Qilib hikmat ahli bila guftugo‘y, 
Yetib shahr uchun yaxshi yer justujo‘y. 
Hamul pushtaekim Ko‘hak topti ism, 
Ne pushta jahon ganji uzra tilism. 
Ushoq tosh anga la’lu inju kibi, 
Yashil sabzasi charxi miynu kibi 
Ki, mansub erur anga Ko‘hak suyi, 
Nedinkim, erur jori andin quyi. 
Hamul to‘pa ollidin andoq oqar 
Ki, oshiq boshu ashki, der, kim boqar
17

Aning yonida shahr qildi bino 
Ki, o‘lturmasun anga gardi fano. 
Skandar otodi Samarqand ani, 
Samarqandi firdavsmonand ani. 
Ani chun tugatti qilib ehtimom, 
Ravon qildi Kashmir sori xirom. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin