www.ziyouz.com
kutubxonasi
191
Qilinmunu Volisu Farfurnus
Ki, Suqrotu Hurmus kibi xokbo‘s.
Borin hozir etti tuzub anjuman,
Dedi anjumansozi lashkarshikan
Ki: «Bu ishki afsuni Kashmir erur,
Ani daf’ etarga ne tadbir erurg‘»
Ravon hikmat ahli so‘z og‘oz etib,
Tilin shahg‘a bori duosoz etib,
Dedilarki: «Shahg‘a bu ishtin ne g‘am,
Bu ish demali, bo‘lsa yuz muncha ham.
Bu darband agar charxi gardon erur,
Iloji aning bizga oson erur.
Shah iqbolini Tengri etsun fuzun
Ki, iqboli gar bizgadur rahnamun.
Bu nayranglarga shikast aylali,
Biyik borasin yerga past aylali.
Ne qilg‘ay necha jo‘giyi sehrsoz,
Biri muhraduzdu biri huqqaboz
Ki, hikmat eli oni daf’ etmagay,
Ilaydin ne qilg‘onlari ketmagay.
Bu donishvar elkim erur rahbaring,
Qayu rahbaring, bandau chokaring.
Bilikdin erur har biri bir jahon,
Jahon hikmati har birida nihon.
Filotung‘a yuzlandi ul yerga ish
Ki, jo‘gidin o‘lg‘ay anga sarzanish.
Arastu nega yerdin o‘lmas adam
Ki, ko‘rgay fusungardin afsunu dam.
Ko‘p o‘lsa fusunsozi Kashmirning,
Birimiz bizing bas, alar bo‘lsa ming.
Necha bo‘lsa chubchuqqa jodu laqab,
Ko‘pidin qilur saydgar ko‘p tarab.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
192
Shah ar iki kun bo‘lsa oromjo‘y,
Uchunch o‘lsun a’dosidin komjo‘y.
Qilib hikmat oyinig‘a iltijo,
Buzoli alar sehrini jobajo».
Skandar bu so‘zdin tarabgin bo‘lub,
So‘zi ahli hikmatqa tahsin bo‘lub:
«Bori amrdin, – dedi, – ma’zul o‘lung,
Borib bu ishingizga mashg‘ul o‘lung».
Alar qo‘pti shahni duo aylabon,
Nekim komi erdi, ravo aylabon.
Skandar qo‘pub, qo‘ydi xilvatqa yuz,
Alar qo‘ydilar borcha hikmatqa yuz.
Bo‘lub anjum ahvolig‘a rahshunos,
Tabiatlarin dog‘i aylab qiyos.
Necha ko‘rau damni darkor etib,
Filizzotdin bir namudor etib.
Qilib mazj siymobu qal’iyu ro‘y,
Namudor qildilar ul nav’ go‘y
Mudavvar falakdek misoli aning,
Falakvash ichi dog‘i xoli aning.
Ichining xalosin malo qildilar,
Adovidin oni to‘lo qildilar.
Murakkab necha nav’ ashyo qilib,
Hamul huqqa ichra muhayyo qilib.
Iki suqba ichra fatila anga,
Qilib zohir ul tavr hiyla anga,
Kim ul go‘yni xasm boshi kibi,
g‘alat ayladim, ra’d toshi kibi.
Fatilasig‘a o‘tni chust aylabon,
Qo‘yub ra’d yoyig‘a rust aylabon.
Ani otib ul soda xoro aro,
Havodin tushurgaylar a’do aro.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |