Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
174
Skandarni
Doroi soniy tutay,
Jahon mulkining shohi oni tutay.
Anga qoldi go‘yo bu ma’ni nihon,
Ki Chin kishvaridur yana bir jahon.
Yigitlik anga so‘zga berdi shitob,
Javobida men aylamon iztirob.
Agar nomasin ul yozibdur irik,
Vale men iriklikka urmon ilik.
Gar
ul qilsa Doro kibi yorliq,
So‘ziga qilurmen xaridorliq.
Xayoli agar mundin afzun esa,
Bitik ichra yozg‘on kibi so‘z desa.
Tamannosida bo‘lmasa e’tidol,
Ishim yo‘qturur, g‘ayri kinu jidol.
Demonkim, aning sori azm aylagum,
Qayu yerdakim desa razm aylagum.
Vale
kelsa boshimga tortib cherik,
Kirib shahrima chekmogumdur eshik.
Sipahdin yoyib charxi gardung‘a gard,
Chiqib ro‘baro‘ aylagumdur nabard!»
Skandar janobiga aylab nuzul,
Ul uch mulk shohi so‘zin uch rasul.
Bu dastur ila ibtido qildilar,
Tugaguncha bir-bir ado qildilar.
Ne shahlarki, keldilar ollig‘a bot,
Alarg‘a qilib asru ko‘p iltifot.
Necha
qatla shohona majlis tuzub,
Mayu rud birla tarab ko‘rguzub.
Necha may bila ko‘ngli ishratfizoy,
Ul uch mulk bobida fikratnamoy.
Tarab bazmida aysh o‘lub peshasi,
Vale ko‘nglida azm andeshasi.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: