Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
169
Ini, o‘g‘lung o‘lsa ikovni yibor, 
Yo‘q ersa elingdin birovni yibor 
Ki, donou sohibxirad bo‘lg‘ay ul, 
Sanga noyibu mu’tamad bo‘lg‘ay ul 
Ki, cheksun kelib mol ila peshkash, 
Bajo kelturub qullug‘ung bandavash. 
Nekim uzrung o‘lsa ado aylasun, 
Ne komingdurur muddao aylasun 
Ki, koming sarosar ravo aylayin, 
Nekim va’da qildim, vafo aylayin. 
Va gar boshlasang aylamay inqiyod, 
Maozalloh oyini jahlu inod
6

Tariqi adovat shior aylasang, 
Zalolat yo‘lin ixtiyor aylasang, 
Ne ollingg‘a keltursa charxi dani, 
Ko‘rar lahza, ko‘rgil o‘zingdin ani. 
Madoro xayolini mendin unut, 
Nekim qilsam ul vaqt ma’zur tut. 
Bu erdi maqosidki, topti payom, 
Yana so‘zni qosid degay, vassalom!» 
Bu yanglig‘ makotib insho qilib, 
Yana so‘zlar ul elga ifsho qilib 
Ki, har so‘zga bo‘lsa mahal muqtaziy, 
Kerak bo‘lmasa ul mahal munqaziy. 
Va gar o‘zga aytilsa so‘z nosavob, 
Yerur qosidi kordondin javob. 
Murattab chu bo‘ldi bitiklar bori, 
Uzotti alar har birin bir sori. 
Chu bo‘ldi ravon har taraf ul rusul, 
Qilurda, demakta bilib juzvu kul
7

Qayu birki har sori azm ettilar, 
Chu oz vaqt yo‘l kettilar yettilar. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
170
Ul ishni bilib har shahu shahriyor 
Ki, bor erdi mulki aning har diyor. 
Rioyat qilib ulcha ta’zim edi, 
Agar anda ummid, agar bim edi. 
Alarning tuzub xotiri komasin, 
Olibon qo‘yub ko‘zga shah nomasin. 
O‘qub, chunki mazmundin ogah bo‘lub, 
Hamul nomabar birla hamrah bo‘lub. 
Muhayyo qilib peshkash yo xiroj, 
Yana har negakim erur ehtiyoj. 
Shah iqboli topmog‘ni jazm aylabon, 
Bori yettilar shahg‘a azm aylabon, 
Magar uch kishikim, xato qildilar, 
Azimat qilurdin ibo qildilar. 
Vale har biri dedi bir nav’ so‘z, 
Ki, tutmas edi kimsa ul nav’ ko‘z. 
Dedi shohi Kashmir bevahmu bok 
Ki, oti edi Mallu ibni Mabok 
Ki: «Iskandar ar shohi ofoqdur, 
Mening mulkum ofoqdin toqdur. 
Manga Tengri uch ish qilibdur nasib 
Ki, bo‘lsam zabun, bo‘lg‘ay asru g‘arib. 
Biri ulki, mulkum erur bas matin, 
Jiboli rafe’u qilo’i hasin. 
Yana turfa ish munda paydodurur 
Ki, ham davri, ham osti daryodurur. 
Ikinch ulki, bor oncha afsungarim, 
Mavojib yegon barchasi chokarim. 
Ki, gar fitnae yetsa aflokdin, 
Qilur har biri royi bebokdin: 
Fusun birla yumronni sheri jayon, 
Gavaznni salobatda babri yabon
8



Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin