Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
161
Ne iqto’ alarg‘aki Doro qilib
Skandar ham andog‘ madoro qilib. 
Yana qildi ta’yin pisandida el, 
Bori xayl aro anjumandida el. 
Yozib Ravshanak nazdig‘a nomae, 
Azodin surub tiyra hangomae. 
Bitib sudmand anda har nav’ pand 
Ki, ko‘p qilma oshubi nosudmand. 
Saodat gulidin barumandliq, 
Yerur Tengri hukmig‘a xursandliq. 
Jahon bog‘idin gulbun o‘lsa nuhuft, 
Taru toza bo‘lsun guli noshukuft. 
Sadaf ko‘ksini gar sipehr etti chok
Sharaf tojin etsun makon durri pok. 
Yana andag‘i elga farmon qilib, 
Borig‘a mavoid ehson qilib 
Kim, aylab ravon sarvi ozodni
Qayu sarv, huri parizodni 
Ketursunlar oning shabistonig‘a, 
Quyosh gulruxin charx ayvonig‘a. 
Chu Doro vasiyatlarin soz etib, 
Jahongirlik shug‘lin og‘oz etib. 
Xazoyinki Doro qilib erdi jam’, 
Nihonu oshkoro qilib erdi jam’, 
Faridun chog‘idin yig‘ilg‘on manol, 
Topib shohdin shohg‘a intiqol. 
Anga tegrukim Kayqubodi guzin, 
Jahon mulkiga bo‘ldi masnadnishin, 
Xud andin so‘ng avlodig‘a qoldi mulk
Chu bordi biri, ul biri oldi mulk. 
Qayu birki bo‘ldi jahondin nihon, 
Yana birga meros qoldi jahon. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
162
Biriga necha ganju maxzan to‘lub, 
Yana birga yetgonda taz’if o‘lub. 
Bu fursatqa tegruki Doroyi dahr, 
Jahondorlig‘ taxtidin topti bahr. 
Ming uch yuz yil o‘n to‘rt olampanoh 
Ki, bor erdilar olam ahlig‘a shoh. 
Xazoyinki jam’ ettilar behasib, 
Haq etti Skandarga borin nasib. 
Qiloe’ki Dorog‘a maxzan edi
Yeshittimki yuz, dog‘i seksan edi. 
Bular borcha maxzun javohir bila, 
Zari maxfiyu, siymi zohir bila. 
Kelib barchadin xozinu kutvol, 
O‘pub shoh ayog‘ini davlat misol. 
Xazina kalidin bu bir kelturub
Yana qal’a miftohin ul topshurub. 
Alarg‘a shah aylab base justujo‘y, 
Qilib maxzanu qal’adin guftugo‘y. 
Biriga karam oshkor aylabon, 
Yana birni ummidvor aylabon. 
Qayu kimsa har qal’adinkim yetib, 
Anga-o‘q hamul ishni tafviz etib. 
Xazoying‘a hukm etti lekin nuxust, 
Ki ahli qalam aylabon bozjust. 
Tilab daftar ul shoh devonidin
Ki maxzan edi jam’, farmonidin. 
Topib jam’u xozindin istab hisob, 
Agar la’l koniyu gar durri nob. 
Qayu qilsa daftar yuzidin qabul, 
Anga hukm aylab tariqi vusul. 
Yana chiqmag‘onni hisobig‘a rost, 
Tashaddud bila qildurub bozxost. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin