Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
159
Necha aylasa fikru tadbir anga
Yo‘q imkoni qilmoqqa tag‘yir anga. 
Qayu roykim topti oni savob, 
Bo‘la olmadi shug‘lig‘a komyob. 
Jihat budur, ulkim tilar vajhi rost 
Ki, yo‘q ermish ul ishda Tengriga xost, 
Gar ish fikrini topti tadbir ila
Bu tadbiri tuz keldi taqdir ila. 
Ham ermas aning royu tadbiridin 
Ki, ul ham erur Tengri taqdiridin. 
Hamul xaylkim ahli tahqiq erur, 
Bu ish ul el ollinda tavfiq erur. 
Muvaffiq bukun sensen, ey pokzod 
Ki, har kun bu tavfiqing o‘lsun ziyod!» 
Hakim o‘ldi bu nav’ chun nuktasanj
Nasib o‘ldi ul nuktadin shahg‘a ganj. 
Xamush o‘ldi jonini ravshan qilib, 
Bu so‘z birla ko‘nglini maxzan qilib. 
XXXI
Iskandarning Doro mamolikiga mulkron bo‘lub, kunuz va xazoinidin mehr va sahobdek zarposh va 
durafshonliq qilib, sipoh va raiyatni ul ehsonlardin obod etib, olam mamoliki shohlarin tilarga elchilar 
yiborgoni va alar borcha aning amrig‘a inqiyod qilib, Kashmir shohi nomuvofiq afsun o‘qub, Hind 
royi bozguna javob berib, Chin xoqoni chin so‘zdin qoshig‘a chin solg‘oni 
Raqam aylagan bu zafarnomani, 
Ado bo‘yla qildi bu hangomani 
Ki, bo‘lg‘och Skandarga mundoq zafar
Aduvsi dargohig‘a bo‘ldi maqar. 
Guruheki Doroparast erdilar, 
Aning hukmig‘a zerdast erdilar. 
Chu Doro ishi bo‘ldi el ichra fosh, 
Aning ollig‘a qo‘ydilar barcha bosh. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
160
Yiroq mulklardin vale kelgan el
Vatan azmi qildilar andoqki yel: 
Salotini Saqlobu Mashriq zamin, 
Ne Xorazmu, ne Hindu, ne mulki Chin, 
Hamul kunki qochmoqqa mayl ettilar
Tavaqqufsiz o‘z mulkiga kettilar. 
Skandarga chun fath bo‘ldi qarin, 
Topib shavkat andoqki sheri g‘arin. 
Biyik taxt uzra maqom ayladi, 
Vasiyat ishiga qiyom ayladi. 
Burun shoh Dorog‘a tutti azo, 
Bo‘lur yanglig‘ ul nav’ shahg‘a sazo. 
Tutub so‘g e’zozu tamkin bila, 
Qilib dafn shohona oyin bila. 
Base zor yig‘lab aning holig‘a, 
Aning holig‘a yo‘q, o‘z ahvolig‘a 
Ki, ish boshig‘a tushti behad ulug‘, 
Necha ish ulug‘, ishchisi qayg‘ulug‘. 
Topib chunki Doro ishidin farog‘, 
Tutub iki qotilni aylab so‘rog‘. 
Ko‘mub dor uchun yerga iki sutun, 
Ul ikini osturdi andin nigun. 
Yana tirborong‘a farmon qilib
Alarg‘a ulus tirboron qilib 
Ki, har kimki g‘adr aylasa shohig‘a, 
Jazo budurur baxti gumrohig‘a. 
Buyurdi badanlarni kuydurdilar, 
Kul ettilaru ko‘kka sovurdilar. 
Yana hukm qildiki, doronajod, 
Qayonkim kishi bo‘lsa g‘amginu shod. 
Bori emin o‘lsunki, lutfi amiym
Ko‘tardi alar ko‘nglidin vahmu biym. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin