Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
145
Yana tushti oshub iki taraf
Iki xayl har yon tuzatmakka saf. 
Yana ko‘szan tushti junbush aro, 
Yana ko‘s tushti g‘urunbush aro. 
Hamul nayzavarlarg‘a tushti shitob, 
Hamul nayzalar jismig‘a pechu tob. 
Hamul tig‘zanlarg‘a bo‘ldi masof, 
Hamul tig‘lar bo‘ldi pahlushikof. 
Hamul bo‘ldi kin benadomat yana
Hamul qoyim o‘ldi qiyomat yana. 
Skandar qilib xilvat ichra niyoz 
Ki, qilg‘ay aning chorasin chorasoz. 
Chiqar vaqtida qoside yetti chust, 
Nihoni tutub nomae og‘zi rust. 
Anga yetkurub noma xilvat aro
Dedikim: «O‘qub anglag‘il mojaro». 
Skandar ochib, qildi nazzorasi, 
Haq aylab edi dardining chorasi. 
Hamonoki Dorog‘a iki kishi, 
Bor ermish nayobat alarning ishi. 
Vale zulmidin jonlaridin to‘yub, 
Ikisi ko‘ngul o‘lmakiga qo‘yub. 
Berib biym Doroki topqach zafar
Ul ikiga go‘r og‘zin etgay maqar. 
Ul iki kishi ham yaroq aylabon, 
Aning qatlig‘a ittifoq aylabon 
Ki: «Chun bizga ul qilg‘usi big‘i qatl, 
Anga biz burunroq chekib tig‘i qatl, 
Yiqoli daraxtini bunyodidin
Qutulsun ulus zulmu bedodidin. 
Necha zulmidin jonimiz qolmag‘ay, 
Bu nav’ o‘lsak armonimiz qolmag‘ay». 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
146
Skandarga yozg‘on emishlar bitik, 
Birovni yuborgan emishlar itik. 
Qilib nomada sabt bu so‘zlarin, 
Anga bog‘lag‘onlar emish o‘zlarin. 
O‘qudi Skandar chu ul nomani
Ne nav’ erkanin bildi hangomani. 
Va lekin gumon qildi makru firib, 
Dam urmay o‘z-o‘ziga berdi shikib. 
Dedikim: «Munga hech yanglig‘ javob, 
Demakda emas erdi royi savob 
Ki, yolg‘on esa demagan yaxshiroq
Chin ersa bu bor anda yetmak yiroq». 
Tavakkal qilib rokib o‘ldi ravon, 
Aduv kiniga rog‘ib o‘ldi ravon. 
Tuzaldi yana iki yondin yasol, 
Yana oshkor o‘ldi rasmi jidol. 
Burunroqki maydong‘a kirgay birov, 
Iki qotil etgan kibi so‘z garov, 
Yetib shoh Doro iki yonidin
Qilich la’lgun qildilar qonidin. 
Biri sug‘lubon gurdagohig‘a tig‘, 
To‘kub yerga qonin aning bedarig‘. 
Yana bir dog‘i tig‘ urub boshig‘a, 
Qilib zulm aning zulmi podoshig‘a. 
Yebon zaxm ul nav’ doroi taxt, 
Yiqildi aningdekki oliy daraxt. 
Tushub yer uza shohi Bahmannajod, 
O‘chub mash’ali dudai Kayqubod. 
Qazodin bu nav’ ish chu paydo bo‘lub, 
Boshi uzra eldin alolo bo‘lub. 
Sipohida paydo bo‘lub qo‘zg‘alish, 
Sipah qo‘zg‘alur, shahg‘a chun tushti ish. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin