Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
147
Skandar tariqi kiyosat bila
Qilib fahm ul ishni farosat bila. 
Taanni bila azm etib ul taraf 
Ki, bo‘lmay parishon sipohig‘a saf. 
Yetishti chu ul xaylning qoshig‘a 
Ki, jam’ erdilar shohning boshig‘a. 
Skandar yetishgach qo‘yub yerga bosh, 
Anga qildilar shoh holini fosh. 
Skandar tushub keldi Doro sari
Ishi tushti rifqu madoro sari. 
Ko‘rarkim, yotur jismi qon ichra g‘arq, 
Topilmay aning birla qon ichra farq. 
Boshi uzra o‘lturdi giryon bo‘lub, 
Aning holig‘a ko‘ngli vayron bo‘lub. 
Olib qo‘ydi o‘z qo‘ynig‘a boshini, 
Uzorig‘a har yon to‘kub yoshini. 
Chu behush uza septi andoq gulob, 
Ochildi anga nargisi nimxob. 
Boshi uzra kim erkanin qildi fahm, 
Takallumga til ochti bebiymu vahm. 
Dedi: «Marhabo, ey shahi navjavon
Jahon uzra ham shohu ham pahlavon. 
Atodin o‘g‘ul bo‘lmag‘on sen kibi, 
Aduv uzrini qo‘lmag‘on sen kibi. 
Nechakim xilofingda qildim g‘ulu, 
Vale ko‘p qilur erdim ul orzu 
Ki, sendek kishikim jahon fardisen
Salotinda Doro hamovardisen. 
Xaloyiqqa yo‘q hech ishing nisbati, 
Jahon ichra sen Tengrining qudrati. 
Zamone ko‘zum tushsa ruxsoringa, 
Qulog‘ mustami’ bo‘lsa guftoringa. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
148
Manga berdi xud Hayyi Dono murod, 
Ajal aylagan chog‘ vale nomurod. 
Yetishti nekim qildi Doro umid, 
Vale o‘zdin o‘lg‘on zamon noumid. 
Bo‘lubsen ajab vaqt mehmon manga 
Ki, yo‘qtur nisoring bajuz jon manga. 
Bu soat netib mezbonliq qilay, 
Qabul aylasang jonfishonliq qilay! 
Yengildim, netib bo‘lg‘amen mizbon 
Ki, xud bir nafas men sanga mehmon! 
Bu soatki boshimg‘a qo‘ydung qadam, 
Ne erkin xayoling, degil oni ham. 
Agar yorlig‘dur shioring sening, 
Iki dahr aro Tengri yoring sening. 
Va gar qatl uchun kelmishang qoshima, 
Kesay deb qadam qo‘ymishang boshima. 
Muruvvat qilib kesmagil bir zamon
Iki-uch so‘z ayturcha bergil amon!» 
Skandar qilib ul takallumni go‘sh, 
Chekib motamiylar masallik xuro‘sh. 
Yaqo yirtibon, tojini toshlabon, 
Dedi zor yig‘lay bu so‘z boshlabon 
Ki: «Bo‘lsun tirik yeti kishvar shahi
Jahon bo‘lmasun bir dam andin tihi. 
Anga men kamina parastandamen, 
Parastandalig‘ ichra sharmandamen. 
O‘zumga kerak qullug‘in chog‘labon, 
Aning borgohida bel bog‘labon, 
Aduvdin mubarro qilib ma’manin, 
Jahondin chiqorsam edi dushmanin. 
Tilim bormas ayturg‘a bu so‘zki, shoh 
Xiroj istab o‘ldi manga kinaxoh. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin