Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
113
Tugatgach so‘zin nuktago‘yi daler, 
Javob istayu, ko‘z tikib boqti yer. 
Chu qosid bu yanglig‘ takallum qilib
Skandar nihoniy tabassum qilib. 
Tugatti chu xorij tamanno bila, 
Skandar so‘z ochti taanno bila 
Ki: «Doroyi davron shahi pokzod 
Ki, bermish tariqi fasohatqa dod. 
Ani so‘z chu beixtiyor aylamish
Ajab nuktalar oshkor aylamish. 
Bukim shohlarni demish bandasi, 
Sarafrozlarni sarafkandasi. 
Guruheki o‘z lutfi birla Iloh, 
Alarni qilibdur ulus uzra shoh. 
Kishi o‘ziga banda qilmoq xitob, 
Hamonoki ermas tariqi savob
23

Alar qullug‘i Haqqa oyin erur, 
Agar Tengri, bandam, desa chin erur. 
Bu so‘zkim dedi shohi daryoato, 
Shak ermaski, bordur sarosar xato. 
Yerur shirk chun Tengrining shirkati, 
Kirar kufr yo‘lig‘a bu fikrati. 
Yana ulki, debdur meni tiflu mast
Dog‘i telbalik qaydig‘a poybast. 
Bu uch ishga bo‘lg‘ay birov muttaham 
Ki, chekkay so‘zi kufr sori alam. 
Yo‘q ersa iki shohi hashmatmato’, 
Ayon etsalar mulk uzra nizo’. 
Biri bo‘lsa farzan ulug‘, bir kichik, 
Bu so‘z demas o‘lsa ulug‘da bilik. 
Qo‘tonning uluq qush aro soni bor, 
Vale sung‘ur ollinda ne joni bor?
24


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
114
Yana buki, shoh aylab ehson manga, 
Yibormishdurur go‘yu chavgon manga. 
Yerur munda bir ramzi po‘shida harf, 
Tafa’ul aro benihoyat shigarf 
Ki, yer hay’atin aylabon justujo‘y, 
Mudavvar topibdurlar andoqki go‘y
25

Chu shoh oni tutti musallam manga, 
Hamonoki Haq berdi olam manga. 
Bukim ilgima soldi chavgonini
Musallam manga tutti maydonini. 
Hamono chiqib mulk maydonidin 
Meni bahravar qildi chavgonidin 
Ki, to men bu maydonda go‘y urg‘amen, 
Samandim qilib garmpo‘y urg‘amen. 
Manga mujdalar yetti andin base 
Ki, mamnunmen ul komrondin base. 
Bu kunjudki ham keldi andin bu yon
Aning dog‘i ramzini aylay bayon: 
Chu qilmish sipohiyg‘a tashbih ani, 
Yerur nuktae, o‘yla tanbih ani. 
Mening xaylima keldi qushluq sazo 
Kim, ul qushqa kunjuddin o‘lg‘ay g‘izo». 
Buyurdiki, surdilar oncha tovuq, 
Ki kunjud hisobig‘a bo‘lg‘ay yovuq. 
Alar kelturub dona termakka zo‘r 
Ki, bir dona ham qolmay elturga mo‘r. 
Bu diqqatlar aylab suxanvarni lol
Qayu lolkim, o‘lturub infiol. 
Buyurdi ravon shohi hikmatqiyos 
Ki: «Bo‘l emdi Doro sari rahshunos. 
Yeshitgan javobingni yetkur anga, 
Ne so‘zlarki surdung manga, sur anga!» 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin