Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
97
Birov Tengriga iltijo kelturub
Chu adl amr qilmish bajo kelturub. 
Olib mulkidin ranju farsudaliq, 
Xaloyiqqa yetkurgay osudaliq. 
Taammul qilib adlu ehsonig‘a, 
Duo qilsa ofoq eli jonig‘a. 
Natija munga g‘ayri g‘ufron emas, 
Jazoyi amal bo‘lmay imkon emas. 
Bu olam dog‘i bo‘ldi, ul ham anga, 
Iki kavn mulki musallam anga». 
Chu xatm etti donoi bisyordon, 
Javobini topti shahi kordon. 
Hakim ayturidin chu kasb etti naf’, 
Bori shubhasi ko‘nglidin bo‘ldi raf’. 
XXIII
Iskandar ishlarining tafsilini ijmol bila deyilmak va ul ijmolning mujmalotin tafsil qilmoq va Doroning 
rasuli anga oltun bayza tilay kelib, po‘lod nayzadek itik so‘zlar javob topib bormoq va ul sinon 
lam’asining barqi aning xirmani sabrig‘a o‘t solmoq va kunjud bila go‘y va chavgon yibormagi va 
Iskandar ul chavgon bila go‘y urub kunjudni qushlar termagi 
Bu yanglig‘ dedi mo‘badi nuktasanj
1

Ki, tarix ilmig‘a ko‘p chekti ranj. 
Ki, chun qildi ul shohi navxosta, 
Adolat bila mulkin orosta. 
Hakim, o‘ylakim ko‘rguzub erdi yo‘l, 
Adolat havosin bilib erdi ul. 
Ki, olam olurg‘a bo‘lur muntahi, 
Bu so‘z fikrida xotiri ogahi. 
Taammul qilur erdi haddin fuzun, 
Chekar erdi andisha torin uzun. 
Chu adlu shijoat anga yor edi
Yana roy ila hikmati bor edi. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
98
Quyoshdek sipehr uzra tortib alam, 
Yurub oldi olam yuzin yakqalam. 
Ul ishlarki ul qildi ofoq aro, 
Kishi qilmadi bu kuhan toq aro. 
Bu a’jubalarkim anga berdi dast
Jahondorlar qadri topti shikast. 
Nekim qildi ul desa, aytay, kishi, 
Tuganmas o‘qub qarnlar ul ishi. 
Bori qilg‘onin demak oson emas, 
Deganga tugatmaklik imkon emas. 
Munosib bu keldiki har hol ila, 
Desam, avval ahvolin ijmol ila 
Ki, komim ravo aylamish bo‘lg‘amen, 
Hadisin ado aylamish bo‘lg‘amen. 
Yana qissasig‘a taaqqul qilib
Tavorixig‘a ko‘p taammul qilib. 
Umurida ulcha g‘aroyibdurur 
Ki, ul ishta ko‘prak ajoyibdurur. 
Judo aylabon kizb oloyishin, 
Anga aylasam nazm oroyishin
2

Hamonoki ul shohi davlatpanoh, 
Burun Rum taxtig‘akim bo‘ldi shoh. 
Muxolifqa qasdi halok ayladi 
Ki, a’dodin ul yerni pok ayladi. 
Cherik chekti andin so‘ng istab kushod, 
Jahon ichra aylarga fathi bilod
3

Burun tortibon razm uchun tig‘i kin, 
Yurub ayladi azmi Mag‘rib zamin
4

Qilib Zangbor
5
ahliga chiyralik, 
Yudi tig‘ suyidin ul tiyralik. 
Yana bo‘ldi Doro
6
bila hamnabard 
Ki, badxohdin ko‘kka yetkurdi gard. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin